G‘amxo‘rlikning yorqin ifodasi (+video)
Buxoroda an’anaviy “Prezident archasi” bayram tadbiriga viloyatning barcha shahar va tumanlaridan oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning va ehtiyojmand oilalarning farzandlari taklif etildi.
Yurtboshimizning kelajagimiz egalariga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligining yorqin ifodasini o‘zida namoyon etgan tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov so‘zga chiqib, Prezidentimizning bolajonlarga yo‘llagan Yangi yil bayram tabrigini o‘qib berdi. O‘quv qurollari va shirinliklardan iborat tuhfadan o‘g‘il-qizlarning ko‘ngli shod bo‘ldi.
[gallery-26923]
“Prezident archasi” o‘rnatilgan katta sahnada qorbobo va qorqiz ishtirokida viloyat teatri ijodiy jamoasining mehr-oqibat, ezgulikning yovuzlik ustidan g‘olib chiqishi, inson doimo yaxshilik va xayrli ishlarga intilib yashashi haqida hikoya qiluvchi spektakl namoyish qilindi. Bayramona bezatilgan archa atrofidagi sho‘x qo‘shiq, tarona va raqslar, bolajonlarga olam-olam quvonch, shodlik va hayajon, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Bayram tadbirlari nafaqat viloyat markazi, balki har bir shahar va tumanda yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan “Prezident archasi” tantanalari ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlarini keng qamrab olgan holda uyushqoqlik bilan o‘tmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/shUTl3rqOOo" title="G‘amxo‘rlikning yorqin ifodasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.