Xitoyning Yanszi daryosi qirg‘og‘idagi qoya kutilmaganda diqqatga sazovor joyga aylandi: hozirda u yerga o‘nlab sayyohlar oqimi kuzatilmoqda.
Yanvar oyining oxirida shanxaylik dizayner Go Sinshan Xubey provinsiyasidagi tug‘ilib o‘sgan shahri Ichanga yaqin joyda sayr qiladi. Keyinchalik suratlarni ko‘zdan kechirayotganda, u tasvirga olgan tog‘ g‘amgin kuchukchaga o‘xshab ketishini payqaydi.
Qizig‘i shundaki, Go ilgari bu o‘xshashlikni hech qachon sezmagandi. Sinshan bu kadrni Xitoyning RedNote (asl nomi — Xiaohongshu) ijtimoiy tarmog‘ida ulashishga qaror qilib, qoyani «Kuchukchalar qoyasi» deb atadi.
Ijtimoiy tarmoqning boshqa foydalanuvchilari ham o‘xshashlikni payqashdi — 10 kun ichida Goning posti 120 ming layk to‘pladi. Weibo platformasida esa #xiaogoushan xeshtegi millionlab marta ko‘rildi.
Foydalanuvchilar o‘z itlarini qoya tasvirlari bilan solishtirishni boshladilar. Boshqalari esa to‘g‘ridan to‘g‘ri Ichanga borib, uy hayvonlarini tog‘ fonida suratga tushirmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/c-aDXN3iIbU" title="G‘amgin kuchukka o‘xshash qoya" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, O‘zA