Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bugun o‘z samarasini bermoqda. Yer o‘zining haqiqiy egasini topib, fermer xo‘jaliklari paxta va g‘alla yetishtirishda salmoqli natijaga erishmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Dilshodbek Nazirov tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimiz g‘alla maydonlarida jami 8,1 million tonnadan ziyod don yetishtirildi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, joriy yilgi mavsumda 75 ta tijorat vakillari tomonidan 2 ming 722 ming tonna don jamg‘arildi. Shundan 2 ming 456 ming tonnasi tovar don (1 305 ming tonna davlat resurslariga xarid qilish va 1 151 ming tonna birja savdolarida sotish uchun vaqtincha saqlash uchun) bo‘lsa, 265,6 ming tonna sara urug‘lik don 2024 yil hosili uchun olib qo‘yildi. Suvli maydonlarda o‘rtacha hosildorlik 70,5 sentnerdan ortdi.

G‘allachilikni rivojlantirish, istiqbolli, serhosil navlarni yaratish, hosildorlikni oshirish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rish olimlarimiz va dehqonlarimiz oldidagi muhim vazifalardandir.

Yuqori hosildorlik omillari qatorida agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri tashkil etilgani, yuqori unumdor navli urug‘lar tanlanganini keltirish o‘rinli. Chunonchi, ekish, parvarishlash va yig‘im-terim ishlarining oqilona tashkil qilingani tufayli, g‘alla hosildorligi Buxoro viloyatida 74,8 s/ga, Toshkentda 74,2 s/ga, Samarqandda 73,8 s/ga, Farg‘onada 73,7 s/ga, Andijonda 73,5 s/ga, Xorazmda 73 s/ga Surxondaryoda 72,3 s/ga, Sirdaryoda 72,1 s/ga, Namanganda 72,6s/ga ni tashkil qildi.

Hosildorlikni oshirish maqsadida biologik eskirgan navlar o‘rniga yangi yuqori hosilli, ob-havoning noqulay sharoitlariga chidamli 12 ta (shundan, 8ta mahalliy) kuzgi bug‘doy navlarining maydoni 585 ming gektarga kengaytirildi.

Ekish mavsumi o‘tgan yillarga nisbatan 10-12 kun erta yakunlanib, oktyabrning uchunchi 10 kunligi va noyabr oyidagi yog‘ingarchiliklar hisobiga asosiy g‘alla maydonlarini tuproqning tabiiy namiga undirib olindi.

G‘alla hosilini uyushqoqlik bilan qisqa muddatlarda o‘rib-yig‘ib olish uchun 2 ming 557ta g‘alla o‘rish otryadlari tashkil etilib, 3 ming 205 ta yuqori unumli kombayn, 14 ming 725 ta yuk avtomobili, 1 000 ta traktor tirkamasi ishga solindi.  

O‘rim-terim ishlarini talab darajasida tashkil etish, texnikani soz holatda saqlash uchun 1 ming 261 ta ko‘chma ustaxona va 1 ming 134 ta yonilg‘i quyish shoxobchalari biriktirildi.

G‘allaning rivojlanish fazalari va navlarining pishish holatidan kelib chiqib, Surxondaryo viloyatida joriy yil 22 may, Qashqadaryoda 24 may, Sirdaryo, Toshkent va Buxoroda 29 may, Jizzaxda 31 may hamda Farg‘ona va Navoiyda 2 iyun, Andijon, Samarqand va Xorazmda 5 iyun hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 iyundan g‘alla o‘rim ishlariga kirishildi.  

Hosildorlik ko‘rsatkichi o‘rtacha har gektaridan 71-73 sentnerni tashkil etayotgan bo‘lsa, Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, Uchqo‘rg‘on, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Mirzacho‘l, Paxtakor, Qamashi, Norin, Oltinsoy, Sariosiyo, Denov, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod, Termiz, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Buvayda, Dang‘ara, Quva, Oltiariq va Furqat tumanlarida o‘rtacha 76-80 s/ga yetgan.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘alladan ilk marotaba 8 million tonnadan ko‘p hosil yig‘ildi