Namangan viloyatining Pop tumani g‘allakorlari birinchi bo‘lib zafar marrasiga yetib keldi.

Tumanning davlatga don sotish rejasi 25 511 tonnani tashkil etib, amalda 25 557 tonna g‘alla yig‘ib olindi va shartnomaviy reja 100 foizdan oshirib bajarildi.

Tumanda joriy yilda boshoqli don ekinlarini nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish uchun 68 ta kombayn safarbar qilinib, har biriga 5 tadan yuk avtomashinasi biriktirildi.

Pop tumanida joriy mavsumda «Art soft tex cluster» klaster korxonasi tarkibidagi 268 ta g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari tomonidan 10490 gektar yer maydonlariga urug‘ ekilgan bo‘lib, g‘alla hosildorligi har gektaridan 60-65 sentnerni tashkil etdi. Vaholanki, bu ko‘rsatkich o‘tgan mavsumda 55-60 sentnerdan oshmagandi.

Bunday yuqori hosildorlikka erishilishida rejani ortig‘i bilan bajargan «Kenagas iftixori», «Intizor Pop», «Obid Ulug‘bek Otabek», «Inomjon Ulug‘bek shijoati», «Turdaliyev Mahmudxoji» fermer xo‘jaliklari munosib hissa qo‘shdi.

Dalalarda hali hosil mo‘l. Shu bois, poplik mirishkorlar o‘rim-yig‘im ishlarini izchil davom ettirgan holda o‘rtacha hosildorlikni 70 sentnerga yetkazish maqsadida astoydil mehnat qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Namanganda yana bir tuman – chustlik bobodehqonlar ham 23 ming tonnadan ziyod g‘alla hosilini yetishtirib, rejani 112 foizga ado etgan holda zafar marrasiga yetdi.

Oqilxon Dadaboyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘alla – 2021: poplik g‘allakorlar 21 kunda zafar marrasiga erishdi