Galimova Farida Salavatovnaning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Yuqori sig‘imli yo‘lovchi vagoni konstruksiyasining texnik yechimlarini ilmiy asoslash” mavzusida
Galimova Farida Salavatovnaning 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poyezdlarni tortish va elektrlashtirish” ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Yuqori sig‘imli yo‘lovchi vagoni konstruksiyasining texnik yechimlarini ilmiy asoslash” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 21 aprel kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo‘lchilar ko‘chasi 1-uy. Toshkent davlat transport universiteti bosh binosi, 259-auditoriya.
Tel.: +998 71 299-00-01
e-mail: rektorat@tstu.uz