9 may – Xotira va qadrlash kuni

Jussasi musichaday bo‘lib qolgan bir otaxon jim turibdi. Ozib-to‘zib ketgan gavdasini bir yuk bosyaptiki, jimgina dod deyapti. Bu faryod, bu jimlik, ko‘zlar tubiga yashiringan kuch-qudratni anglash qiyin emas. Besh o‘g‘lidan "qora xat" olgan otaxon urushga boraman deydi.  

Shu paytda poyezdning ogohlantiruvchi puvillagan chinqirig‘i odamlarning g‘ala-g‘ovurini bosib ketadi.

Temir yo‘l vokzali. Yig‘lagan kim, ovutgan kim? Yurtining tinchligi uchun otlangan kim? Bir xalta bug‘doyni yelkasiga tashlab olomon oralab vagonlar tomon intilayotgan kim? O‘zi och va yupun, lekin frontdagilarning tashvishi uchun yashayotgan kim? Urush bo‘layotgan o‘lkalardan kelayotgan bolalarni bag‘riga olayotganlar kim?

Savollar ko‘p, javob bitta...

Poytaxtimizdagi G‘alaba bog‘idaman. Aniqrog‘i shu bog‘ hududida tashkil etilgan “Vokzal” ro‘parasidaman. So‘lim maskanning bu manziliga qachon kirsam quloqlarimga urushning shovqini eshitilib ketganday bo‘ladi. Hayolimda esa shu savollar aylanaveradi. Ko‘z o‘ngimda esa o‘zbek xalqining o‘sha davrdagi qahramonligi va jasorati gavdalanaveradi.

O‘zbekiston urush yillarida frontning mustahkam ta’minot bazasiga aylangan edi. Bu yurtdan jang maydonlariga juda ko‘p miqdorda harbiy texnika, qurol-yarog‘, dori-darmon, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar yetkazib berilgan.

Olov ichida qolgan joylardan yurtimizga bir yuz yetmishdan ortiq zavod va fabrika ko‘chirib keltirilgan. Juda og‘ir sharoitda urush hududlaridan o‘lkamizga olib kelingan bir yarim million nafarga yaqin insonni, yetim bolalarni bag‘riga oldi bu el.  

Holatlarning barchasiga o‘sha vokzallar guvoh.

Bir so‘z bilan aytganda o‘sha davrda O‘zbekiston temir yo‘llari frontga xizmat qilish maqsadida to‘liq safarbar etildi. Harbiy va insonparvarlik yuklari harakatining strategik markazlariga aylandi.

G‘alaba bog‘ida kishini mulohazaga, o‘yga toldiradigan hamda tarixni yodga soladigan bu kabi majmualari talay. Shu kunlarda bu yodgorliklar soni yana ikkitaga ko‘paydi.

Masalan, “Xotira nuri” kompozitsiyasi Ikkinchi jahon urushi va front ortida mehnat qilgan o‘zbekistonlik qahramonlar xotirasiga bag‘ishlab barpo etildi. Monument parvoz qilayotgan ikki qush shaklida.  

Bu yerdagi “Millat fidoyilari” xiyoboni ham davlatimiz rahbarining g‘oyasi asosida tashkil etildi. Yodgorlik mustaqillik yillarida mamlakatimiz himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlarining xotirasiga bag‘ishlangan.

Tinchlik va ozodlik uchun fido bo‘lgan jonlarni bu el hech qachon unutmaydi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Kut8V5J_O8o" title="G`alaba bog`ida tug`iladigan savollar ko`p, javob bitta..." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ikrom AVVALBOEV, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘alaba bog‘ida tug‘iladigan savollar ko‘p, javob bitta... (+video)