Milliy adabiyotimiz vakillari o‘z so‘zi bilan millat taraqqiyoti, ma’naviyati, ruhiy kuch-quvvatini oshirishga xizmat qilib kelishgan.

Ijodkorlarimiz adabiyot, badiiy so‘zni millatning hayoti, najoti, kelajagi o‘laroq anglab, uning ravnaqi yo‘lida bor kuch-g‘ayratini sarf etishgan. Xususan, jadid ma’rifatparvarlari ishlab chiqqan milliy taraqqiyot dasturining asosiga adabiyotning qo‘yilishi bejiz emas. 

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Uchinchi Renessans, Yangi O‘zbekistonni barpo etish g‘oyalarini ham adabiyot ko‘magisiz, badiiy so‘z qudratisiz aslo amalga oshirib bo‘lmaydi. Shu bois Prezidentimiz tomonidan bu borada alohida farmon va qarorlar qabul qilindi. Dastlab kitobxonlik tanlovlarini o‘tkazish bilan boshlangan ishlar “Besh muhim tashabbus” bilan yanada keng ko‘lam kasb etdi.  

Milliy islohot, ilm-fan yo‘lida o‘limga ham tik borgan jadid ma’rifatparvarlari, xususan, milliy adabiyot tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ijodkorlar hayoti va ijodini o‘rganish, keng targ‘ib qilishga qaratilgan qarorlar ham masalaning naqadar muhimligi, maqsadning qanchalar qat’iyligini dalillaydi.  

Ayniqsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 20 may kuni Adiblar xiyoboniga tashrifi chog‘ida: “Adabiyot – xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi. bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz”, degan ilhombaxsh fikrlari jamiyat ma’naviy taraqqiyotini adabiyotsiz tasavvur qilib bo‘lmasligini yana bir bor tasdiqladi.  

Shu bois Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgustdagi tegishli qarori qabul qilinib, bu hujjatda ham ayni shu maqsad, ya’ni jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirish, ayniqsa, yoshlarning ongu shuuri, tafakkur va qalbini tarbiyalashda ijod ahlining hayotiy ibrati va asarlari g‘oyalariga tayanish nazarda tutildi.  

Mazkur qarorga muvofiq, jumladan, Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandasi G‘afur G‘ulom hayoti va ijodini chuqur o‘rganish, uni keng jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish vazifasi topshirildi. O‘z navbatida, o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri G‘afur G‘ulom ijodini keng targ‘ib qilish hamda bu boradagi ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha institutning ichki buyruqlari e’lon qilindi.  

Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining G‘afur G‘ulom hayoti va ijodini chuqur o‘rganish va uni keng targ‘ib yetish to‘g‘risidagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasiga binoan universitetning Magistratura va sirtqi ta’lim fakultetiga qarashli “O‘zbek tili va adabiyoti”, “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan qator ishlar amalga oshirildi. Bajarilgan ishlar sirasida akademik shoir hayoti va ijodiga doir 10 nomdagi kitobning nashr etilishi alohida ahamiyatga egadir. 

“Adabiyot va huquq uyg‘unligi” to‘plamida G‘afur G‘ulom asarlarining ilmiy badiiy qimmati, akademik shoirning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni, shoir ijodining o‘rganilishiga oid maqolalar kiritilgan. Aytish joizki, shoirning “Vaqt”, “Sog‘inish” she’rlarining falsafiy, badiiy qiymati, ayniqsa, “Sen yetim emassan”, “Shum bola”, “Yodgor” asarlaridagi huquqiy qarashlar tahliliga doir maqolalar to‘plamning ilmiy salmog‘ini yanada oshirgan. 

TDYUUda G‘afur G‘ulom asarlarini o‘rganish asosida adib ijodini respublika va xalqaro miqyosda keng yoyish va ommalashtirish, ijodkor she’riyatida sharqona falsafa, yuksak insoniy tuyg‘ularning badiiy talqini xususida fikr almashish va bu fikrlarni o‘quv jarayoniga tatbiq qilish, G‘afur G‘ulom ijodining xorijda o‘rganilishi, adib asarlarining tarjimalari va bu borada amalga oshirish lozim bo‘lgan vazifalarni belgilash, G‘afur G‘ulomning yaqinlari bilan shoirning hayoti, amalga oshirgan ishlari, hayot tarzi va insoniy qiyofasi haqida suhbatlar o‘tkazish maqsadida yirik konferensiya tashkil etildi.  

Konferensiya to‘plamidan G‘afur G‘ulom ijodida davr muammolarining aks etishi, nasrida huquqiy masalalarning ifodalanishi, she’riyatida Sharq falsafasi, adib asarlarini boshqa tillarga tarjima qilish muammolariga doir maqolalar o‘rin olgan.  

Xususan, “G‘afur G‘ulomning badiiy mahorati” ilmiy maqolalar to‘plamiga taniqli adabiyotshunos olimlardan Naim Karimovning “Serqirra bilim sohibi”, Baxtiyor Nazarovning “G‘afur G‘ulomning nasriy asarlari”, Umarali Normatovning “Shum bola”: mafkuraviy-siyosiy tazyiq sharoitida ruh erkinligi”, Ibrohim Haqqulning “Sharq mumtoz adabiyoti va G‘afur G‘ulom ijodiyoti”, Hamidulla Boltaboyevning “Navoiy bahridan bahramand ijod”, Abdug‘afur Rasulovning “G‘afur G‘ulom ijodi tanqidchilar talqinida”, Qozoqboy Yo‘ldoshevning “Millat ruhi ifodachisi”, Suvon Melining “Komik katarsis” kabi qiziqarli maqolalari kiritilgan.  

Ayniqsa, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurovning “G‘afurona tarona” maqolasida G‘afur G‘ulom badiiy so‘zining inson umrining eng mushkul savdosi – vaqtni yengib o‘zga vaqt kengliklari tomon yo‘l olishining asoslari yoritib berilganki, kitobxon muallifning akademik shoir ijodidan ta’sirlanganini maroq bilan o‘qiydi, “G‘afurona tarona”dagi durdona qaydlardan ko‘ngli yorishadi. 

“G‘afur G‘ulom xotiralarda” kitobida shoirning zamondoshlari xotiralaridagi qiyofasi, u bilan ro‘y bergan ibratli voqealar jamlanganki, ular adib hayoti va ijodini yanada chuqurroq anglash, hayoti bilan bog‘liq hodisalarga oydinlik kiritishda katta yordam beradi. 

Jumladan, hassos shoira Zulfiya G‘afur G‘ulomni shunday xotirlaydi: “Adabiyotda ustoz-u shogirdlikning mantig‘i shuki, birov-birovga qanday ijod qilishni o‘rgatmaydi. G‘afur aka o‘z davrining juda ko‘p yoshlariga ma’naviy homiy edilar. Keyin-keyin anglab yetdimki, u kishining har bir talabi, o‘giti, mehribonligi qadim-qadimdan an’ana bo‘lib kelgan ustoz-u shogirdlik maktabi saboqlarining davomi ekan…” 

Bundan tashqari to‘plamdan Mirtemir, Sobit Muqonov, Samad Shokir, Said Ahmad, Abdulla Oripov, Sobir Abdulla, Hamid G‘ulom, Mirmuhsin, Odil Yoqubov, Yerkin Vohidov, Ozod Sharafiddinov, Ramz Bobojon, Naim Karimov, Abduqodir Hayitmetov, Omon Muxtor va shoirning rafiqasi Muharram G‘ulomova hamda qizi Olmos Ahmedovaning noyob xotiralari o‘rin olgan. Bu xotiralarning barchasi bugungi yosh avlod uchun ibrat xazinasidir.  

“G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasini ta’lim jarayonida o‘rganish” o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi G‘afur G‘ulom hayoti va ijodini o‘rganish va uni yosh avlodga o‘rgatishda amaliy yordam beradi. Qo‘llanmada alloma hayoti va ijodiga doir ko‘plab ma’lumotlar berilgan bo‘lib, ular o‘qituvchining bu xususdagi bilim va ko‘nikmalarini oshiradi, o‘quvchilarning esa G‘afur G‘ulom hayoti, ijodini anglashiga ko‘maklashadi. Shuningdek, qo‘llanmadagi ma’lumotlardan shoir hayoti va ijodi yuzasidan badiiy kechalar uyushtirish, ilmiy-nazariy konferensiyalar o‘tkazish, yozuvchi asarlarini mustaqil o‘qib, o‘zlashtirishda ham foydalanish mumkin. 

G‘afur G‘ulom hayoti va asarlarini o‘rganish o‘quv qo‘llanmasida yesa mualliflar jamoasi tomonidan adibning hayoti va asarlariga doir savol-javoblar va testlar mavzulashtirgan holda berilgan. Qo‘llanmadan unumli foydalanish yozuvchi hayoti va asarlarini o‘rganishga samarali yordam beradi.  

Mazkur kitob o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda mustaqil o‘rganuvchilarga mo‘ljallangan.  

Shuningdek, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi va adibning uy-muzeyi xodimlari hamkorligida akademik shoirning asarlari – “Ozornik” qissasi va “Farzandlarimga” she’riy to‘plami nashr etildi. G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasi A.Naumov tomonidan tarjima qilinib, 1974 yilda nashr etilgan edi. Mazkur kitobning qayta nashri shu vaqtga qadar amalga oshirilmagan. Bugun mazkur kitob qayta chop etildi va birinchi kurs o‘quv dasturiga kiritildi.  

“Farzandlarimga” she’riy to‘plamidan esa ijodkorning “Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi” kabi yoshlarni bilim olish, o‘qish, izlanishga da’vat qiluvchi she’rlari bilan birga “Alisher”, “Go‘zallik nimada”, “Sog‘inish”, “Kuzatish”, “Vaqt” kabi betakror durdonalari ham o‘rin olgan.  

Albattaki, akademik shoir G‘afur G‘ulom hayoti va ijodiyotini o‘rganish, munosib targ‘ib qilish borasidagi ishlarimiz hali davom etadi. Ayniqsa, adib ijodini huquqiy nuqtai nazardan chuqur tatqiq etish, qissa va hikoyalarini tarjima qilish, o‘rta ta’lim uchun metodik materiallar tayyorlash galdagi muhim vazifalarimizdir. 

A.Bobojonov,  
Toshkent davlat yuridik universiteti  
Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti dekani,  
yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘afur G‘ulom e’zozi