Yakshanba kuni Chilida prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Respublika Saylov xizmati tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Gabriel Borich 55,87 foiz bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. U 35 yoshida Chili tarixidagi eng yosh prezidentga aylandi.

TASS agentligining xabar berishicha, Borich 2022 yilning 11 martidan boshlab davlat rahbari lavozimini egallaydi.

Saylovda 35 yoshli Borichga raqib hisoblanmish Xose Antonio Kast 44,13 foiz ovoz yig‘gan. Chili prezidenti yangi rahbar sifatida Kastga saylovda ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirar ekan, mamlakat taraqqiyoti bo‘yicha uning taklifini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qilgan.

– Men ushbu saylovda ishtirok etgan barcha nomzodlarga minnatdorlik bildirishni muhim deb bilaman. Chili kelajagi uchun biz hammamiz xalq tomonida bo‘lishimiz kerak, – degan Gabriel Borich saylangan prezident sifatidagi birinchi nutqida.

Ma’lumot o‘rnida, Borich inauguratsiya paytida 36 yoshda bo‘ladi, u mamlakat tarixidagi eng yosh prezident maqomini oldi.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gabriel Borich 35 yoshida Chilining yangi prezidenti etib saylandi