G20 sammiti mojarolarni hal etadigan siyosiy maydon emas...
Rossiya-Ukraina
AQSH Prezidenti Jo Bayden Hindistonda o‘tgan G20 sammiti qatnashchilari Ukrainada “BMT tamoyiliga, suverenitet va hududiy yaxlitlikka asoslangan adolatli va barqaror dunyo o‘rnatish zarurligi yuzasidan yetarli darajada kelishuvga erishdi”, deya ta’kidladi.
AQSH Ukrainaning Rossiyaga qarshi jangini to‘g‘ri, deb bilmaydi va bu jarayonda Amerika qurolidan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shunga qaramay, Kiyev harbiy amaliyot bo‘yicha o‘zi qaror qabul qilishi kerak. Bu haqda Davlat kotibi Entoni Blinken “ABC” telekanaliga intervyusida aytgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina “o‘z hududini himoya qilish, hududlarini qaytarib olish bo‘yicha asosiy qarorni o‘zi qabul qilishi kerak”.
“Biz o‘nlab boshqa davlatlarning roli ayni maqsad yo‘lida Kiyevni qo‘llab-quvvatlashdan iborat, deb hisoblaymiz”, deya ta’kidladi Blinken. Bundan tashqari, u AQSH Moskva ham Kiyev singari muzokara o‘tkazish tashabbusini qo‘llasa, Ukraina Rossiya bilan muloqotga tayyor, deb bilishini qayd etdi.
Rossiya bilan qachon tinchlik muzokarasi o‘tkazishni Ukrainaning o‘zi biladi, dedi Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer. “DPA” agentligi uning bayonotidan “Eng muhimi, ziddiyatni tinchlik vositasida hal etish kerak”, tarzida iqtibos keltirgan. Shu bilan birga Germaniya rahbari Kiyevga qurol-aslaha yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo G20 sammiti yakuniy hujjatidagi Ukrainaga oid qism yanada kengroq bo‘lishi kerak edi, deb ta’kidladi.
“G20 turli qarashlarga ega guruh. Biz Ukrainaga bo‘yicha bayonot ustida jiddiy ishladik, hujjat nihoyatda mukammal chiqishiga urindik”, deya qo‘shimcha qildi Bosh vazir.
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron “katta yigirmalik”ni Ukrainadagi nizoni hal etish uchun diplomatik kelishuvga erishadigan siyosiy maydon emas, deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Mazkur guruh adolatli va barqaror dunyoni himoya qiladi. G20 siyosiy munozara forumi emas. 2008-2010 yillardagi xalqaro moliyaviy inqirozdan keyin iqtisodiy, moliyaviy va iqlim o‘zgarishi kabi mavzular muhokamasi dolzarbroq”.
G‘arb mamlakatlari rivojlanayotgan ilg‘or davlatlarga yo‘l berib, murosaviy matn chiqishi uchun Ukraina ziddiyati bo‘yicha o‘z bayonotidan voz kechishga majbur bo‘ldi, deb yozdi “Financial Times” nashri.
“Agar G‘arb bunday yo‘l tutmaganda, “katta yigirmalik” parchalanib ketishi mas’uliyatini bo‘yniga olishiga to‘g‘ri kelar edi”, deb yozgan gazeta.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan Kiyevga “ATACMS” tezkor-taktik raketa majmuasi yetkazib berishni yana muhokama qilmoqchi. Bu haqda u “CNN” telekanaliga intervyusida aytib o‘tdi.
Avvalroq “ABC” telekanali Vashington Kiyevga 300 kilometrgacha yetib boradigan “ATACMS” berishni mo‘ljallayotganini ma’lum qilgan. Keyinroq AQSH Prezidentining milliy masalalar bo‘yicha yordamchisi Jonatan Fayner Qo‘shma Shtatlarda bunday imkoniyat borligini tasdiqlagan.
Abror XON,
O‘zA