Kuni kecha Katta yigirmatalik guruh (G20) yetakchilarining 15-sammiti videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Sammitda tomonlar bir qator muhim masalalar bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ular orasida iqtisodiyot va savdo sohasida Besh yo‘nalish bo‘yicha amaliy natijalarga erishish eng muhimlaridan biridir.
Iqtisodiy va savdo sohasida hamkorlik G20 guruhining muhim ustunlaridan. Xitoy Savdo vazirligi xalqaro aloqalar departamenti direktori o‘rinbosari Chen Chaoning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiy va savdo yutuqlaridan biri bu "yangi koronar pnevmoniya oqibatlariga javob beradigan, global savdo va sarmoyaviy jamoaviy harakatni qo‘llab-quvvatlaydigan yigirmata mamlakat guruhi"ni tasdiqlashdir. Bu siyosatni muvofiqlashtirishni kuchaytirmoqda, savdo-sotiqni osonlashtirib, xalqaro investitsiyalarni jalb qilishni rivojlantiradi.
Ikkinchidan, ko‘p tomonlama savdo tizimini himoya qilish bo‘yicha muhim kelishuvga erishish, Jahon savdo tashkilotining kelajagi bo‘yicha Ar-Riyod tashabbusini shakllantirish, JSTning maqsad va tamoyillarini tasdiqlash hamda tashkilotning muhim islohotlarini ilgari surish.
Bozorni ochiq ushlab turish majburiyatiga kelsak, G20 adolatli raqobatni ta’minlashni va erkin, adolatli, inklyuziv, shaffof, prognoz qilinadigan, barqaror savdo va investitsiya muhitini yaratishni taklif qiladi, deb Chen Chaoning so‘zlarini keltiradi Sinxua axborot agentligi.
“Global ta’minot zanjirlarining barqarorligini oshirishda biz rivojlanayotgan mamlakatlar va JSTning savdo tizimiga yanada yaxshi qo‘shilishlariga yordam berishga va’da beramiz”, – degan Chen Chao.
G20 sammitida, shuningdek, kichik, o‘rta va mikrofirma korxonalarini inklyuziv iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish uchun xalqaro savdo va investitsiyalarda faol ishtirok etishini rag‘batlantirish bo‘yicha siyosat yo‘nalishlari ishlab chiqildi.
Shohida Jalilova