G‘ulom Abdullayev Fransiyadagi jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi
Mamlakatimizning iqtidorli sportchisi G‘ulom Abdullayev Fransiyada erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha o‘tgan jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Mamlakatimizning iqtidorli sportchisi G‘ulom Abdullayev Fransiyada erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha o‘tgan jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi.O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasidan ma’lum qilinishicha, erkin kurash bo‘yicha vazni 55 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi bellashuvlarda qatnashgan G‘ulom Abdullayev armanistonlik Mxitar Grigoryan, hindistonlik Kumar Ravi va yaponiyalik Takumi Tashironi yengib, shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilgan.
Shu tariqa, mazkur jahon chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bittadan kumush va bronza medalni qo‘lga kiritdi. Avval xabar berganimizdek, yunon-rum kurashi bo‘yicha vazni 50 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni, II o‘smirlar Olimpiadasi g‘olibi Ilhom Bahromov eronlik Sayfulloh Muhsin Najod, AQSh vakili Randon Dryu Miranda va gruziyalik Nugzari Sursumiani yengib, ikkinchi o‘rinni egallagan edi.