G‘oliblar Qashqadaryoga boradi
Nukusda tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi kubogining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Nukusda tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi kubogining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.Tennisga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida uch kun davom etgan qiziqarli bahslarda shahar va tumanlardan kelgan 11 jamoa tarkibida 14 yoshdan katta bo‘lgan o‘g‘il-qizlar g‘oliblik uchun kortga chiqdi.
O‘smirlar o‘rtasida Sag‘idulla Qutiboyev, Bayram Nurishev, Rahmatulla Qutiboyev, Abubakir Berdikeyev birinchi o‘rinni egalladi.
Qizlar o‘rtasida Zulfiya Rahmonova, Sevara Bo‘ronqulova, Tozagul Xalqboyeva, Dinora Taylanova raqibalari ustidan ishonchli g‘alaba qozondi.
G‘olib bo‘lgan yosh raketka ustalari 16-21-avgust kunlari Qashqadaryoda o‘tkaziladigan O‘zbekiston kubogi musobaqalarida ishtirok etadi.