Gʻoliblar – mamlakat bosqichiga
Nukus shahar Yoshlar markazida umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida 6 yosh toifasi boʻyicha “Yoshlar shaxmat taxtasi” musobaqasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi oʻtkazildi.

Unda quyi bosqichlarda gʻolib boʻlgan 185 nafar yosh shaxmatchi qatnashdi.
Musobaqada 6 toifa boʻyicha birinchilikni qoʻlga kiritgan 12 nafar sportchi (6 oʻgʻil, 6 qiz) joriy yil 5-9 mart kunlari Toshkent viloyatida boʻlib oʻtadigan mamlakat bosqichiga yoʻllanma oldi.