G‘allazorda ish qizg‘in
Namangan tumanidagi “Asrorbek-98” fermer xo‘jaligi bu yil 67,6 gektar maydonda g‘allaning “Chillaki” navini yetishtirdi.
Namangan tumanidagi “Asrorbek-98” fermer xo‘jaligi bu yil 67,6 gektar maydonda g‘allaning “Chillaki” navini yetishtirdi.Hosilni qisqa fursatlarda yig‘ib olish ishlariga Xonobod maxsus mexanizatsiyalashgan traktor parkining don o‘rish kombaynlari jalb etilgan. Mirishkorlar qabul punktiga 260 tonnadan ziyod boshoqli don topshirishni mo‘ljallamoqda. Xo‘jalikning 82,3 gektar maydonida zarur agrotexnik tadbirlar asosida yetishtirilib, baravj o‘sayotgan g‘o‘za ham mo‘l hosildan darak berayotir.