Gʻalla xirmoni – xalq boyligi
Ayni paytda yurtimiz dalalarida milliy boyligimiz boʻlmish gʻallani nes-nobud qilmasdan yigʻib-terib olish ishlari qizgʻin pallaga kirgan.
Ayni paytda yurtimiz dalalarida milliy boyligimiz boʻlmish gʻallani nes-nobud qilmasdan yigʻib-terib olish ishlari qizgʻin pallaga kirgan.
Bu borada Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani fermer xoʻjaliklari zimmasida ham joriy yilda 46 ming tonna gʻalla shartnoma rejasini bajarish yuklatilgan.
Tumandagi gʻalla oʻrimiga tushayotgan fermer borki, belgilangan shartnoma rejasini ortigʻi bilan bajarishga bel bogʻlagan.
Dalalardagi gʻallani nes-nobud qilmasdan oʻrib-yigʻib olish ishlarida barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan boʻlib, bunda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qashqadaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibining 105 nafar xodimlari ana shunday saxovatli ishlarga jalb etilgan.
Ular oʻrim jarayonida tashkil etilgan otryad rahbarlari va fermer dehqonlarga amaliy yordam koʻrsatib, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, talon-tarojlikni oldini olishda jonbozlik koʻrsatib kelmoqda.
Gʻalla xalq boyligi. Bobo dehqonlarning ertayu kech qilgan mehnatlarining samarasi, xalqimizning rizqu nasibasidir. Ana shu bebaho neʼmatni nes-nobud qilmasdan yigʻib-terib olish ishlarida faol ishtirok etish esa bugungi kunda har bir mutasaddining asosiy vazifasidir.