27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan FVV Akademiyasida respublika ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda Prezident tashabbuslari asosida olib borilayotgan keng qamrovli demokratik islohotlar doirasida matbuot erkinligi, jurnalist va blogerlarning huquqiy maqomi mustahkamlanib, ularning faoliyati jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Ayniqsa, favqulodda vaziyatlar, yong‘in xavfsizligi va fuqarolar xavfsizligi kabi dolzarb yo‘nalishlarda tezkor va haqqoniy axborot yetkazib berishda OAV bilan samarali hamkorlik muhim ahamiyat kasb etmoqda.  

Shu munosabat bilan 27 iyun kuni FVV Akademiyasida o‘tkazilgan press-turda 20 nafardan ortiq OAV vakillari, shu jumladan Respublika qutqaruv markazi, Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti, Fuqaro muhofazasi instituti, Toshkent shahar FVB harbiy xizmatchilari, akademiklar, yosh olimlar, talabalar hamda yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni FVV Akademiyasi boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor, polkovnik Muzaffarjon Mamasiddiqov ochib, media sohasidagi fidoyi va mas’uliyatli mehnatni alohida ta’kidlab, hozirgi tezkor zamonda jurnalistlardan professional mahorat, tahliliy yondashuv va Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish talab etilayotganini alohida qayd etib o‘tdi.

Press-tur doirasida Akademiyaning o‘quv-amaliy faoliyati, yoshlar bilan ishlash yo‘nalishidagi tadbirlar, sport musobaqalari, seminar-treninglar, ochiq muloqotlar, davra suhbatlari, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf qilishga qaratilgan tadbirlar, yong‘in va qutqaruv xizmatlari texnikalari, zamonaviy asbob-anjomlar va vositalari, “qo‘l jangi” bo‘yicha kursantlar chiqishlari, shaxmat musobaqalari hamda turli sahnaviy ko‘rinishlar namoyish etildi. 

Tadbirda “Jamiyat” gazetasi bosh muharriri Maqsudjon Jonixonov so‘zga chiqib, OAV vakillari bilan o‘rnatilgan yaqin hamkorlik aloqalari, axborot almashinuvi va soha faoliyatining ochiqligini yuksak baholadi.  

Tadbir madaniy qismida Akademiya orkestrining bayramona chiqishlari, iqtidorli kursantlarning sahna ko‘rinishlari va san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari mehmonlarda bayramona kayfiyat uyg‘otdi.  

Shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlariga esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Oyg-9PWFSrA" title="FVV Akademiyasida press-tur" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FVV Akademiyasida press-tur (+video)