Futzal: Özbekiston terma jamoasi Tojikiston bilan durang öynadi
Toşkentdagi "Yunusobod" sport majmuasida taşkil etilgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Futzal böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida Tojikistonga qarşi örtoqlik uçraşuvi ötkazdi.
Toşkentdagi "Yunusobod" sport majmuasida taşkil etilgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Uçraşuvning birinçi bölimida hisob oçilmadi. Ikkinçi taymning 36-daqiqasida Dilşod Salomov tojikistonliklarni oldinga olib çiqdi.
Biroq bahs yakunlanişiga sanoqli soniyalar qolganida, 40-daqiqada Davron Çoriyev javob töpini kiritib, Özbekiston terma jamoasini mağlubiyatdan qutqarib qoldi.
Ta’kidlaş joiz, uşbu uçraşuv Bahodir Ahmedov uçun Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi sifatidagi dastlabki sinov böldi.
Xalqaro örtoqlik uçraşuvi
Özbekiston — Tojikiston — 1:1
Gollar: Davron Çoriyev (40) — Dilşod Salomov (36).
Stadion: "Yunusobod" sport majmuasi, Toşkent.