Shu kunlarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport majmuasida futzal bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga iqtidorli yoshlarni saralash bo‘yicha o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
Yig‘inga O‘zbekiston futzal federatsiyasi tomonidan respublika bo‘ylab saralangan iqtidorli o‘smirlar jalb etilgan.

Bugun, 10 iyul kuni mamlakat o‘smirlar terma jamoasiga nomzod yosh futbolchilar so‘nggi kungi amaliy va nazariy mashg‘ulotlar holatida ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Shu asosda xalqaro maydonda o‘tishi kutilayotgan chempionat va musobaqalarda vatanimiz sharafini himoya qiladigan futzal bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi tarkibi shakllantirilishi rejalashtirilgan.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA