Futzal bo‘yicha jahon chempionati 2024 yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi haqida avval xabar berilgan edi. Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tasarrufidagi bu kabi nufuzli turnirga mamlakatimiz birinchi bor mezbonlik qiladi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (UFA) kelgusi yilgi futzal bo‘yicha dunyo birinchiligini Toshkent shahridagi – “Humo aryena”, “Yunusobod”, “Alpomish” muz sport saroyi, “Milliy gimnastika” saroyi, Farg‘onadagi “Samo” sport majmuasi, Samarqanddagi “Muz saroyi” hamda Buxoro va Andijondagi sport arenalarida o‘tkazish taklifini bildirgan. 

O‘zbekiston tashkiliy qo‘mitasi tomonidan FIFAga mavjud infratuzilma yuzasidan so‘ralgan, shuningdek, ishtirokchi terma jamoalar mashg‘ulotlarini o‘tkazishlari uchun mo‘ljallangan yana o‘ndan ziyod sport majmua va zallari ro‘yxati hamda barcha talab etilgan ma’lumotlar to‘liq taqdim etilgan. FIFA vakillari yaqin kunlar ichida O‘zbekistonda futbol infratuzilmasini o‘rganish uchun kelib, chempionat o‘yinlarini o‘tkazish uchun taklif etilayotgan sport majmualari bilan tanishtiriladi.

Sport arenalari va mashg‘ulot zallarining Xalqaro futbol federatsiyasi talablariga, xususan, jahon standartlariga muvofiqlashtirish borasidagi harakatlari joylarda tizimli davom etmoqda. FIFA vakillari O‘zbekistonga kelgach, mahalliy tashkiliy qo‘mita hamrohligida musobaqaga mezbonlik qilish taklifi berilgan shaharlar bilan yaqindan tanishib chiqishidan tashqari, u yerdagi mehmonxonalar, aeroport, vokzal va yo‘llar talabga javob berishini ham o‘rganishdi. Joriy yil may oyining boshida Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rahbari janob Janni Infantino mamlakatimizda futbolni ommalashtirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish hamda futbolni yanada rivojlantirishga oid hamkorlikni muhokama qilish maqsadida Toshkentga tashrif buyurib, davlatimiz rahbari bilan uchrashganini ham ta’kidlash lozim. 

Shaharlarimizdagi sport majmualarining jahon chempionatini o‘tkazishiga tayyor holatga keltirilishiga shubhalanmasak ham bo‘ladi. Chunki tayyorgarlik ishlari birinchidan hukumatimiz nazoratida bo‘lsa, ikkinchidan, Toshkentda 2 marta o‘tgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati, Farg‘ona va Samarqanddagi qator nufuzli xalqaro turnirlarning tashkiliy ishlariga va yaratilgan sharoitlarga ishtirokchi sportchilar ham, xorijlik mutaxassislar ham yuqori baho berishgan. Qolaversa, O‘zbekistondagi futzal arenalari Osiyoda yaxshilar qatorida sanalib kelinadi. 

Mamlakatimizda o‘tadigan ushbu jahon chempionatiga sportchilarimizning jismoniy, ruhiy va qolaversa taktik holatlarini yaqindan kuzatish maqsadida – Jizzax shahridagi Futbol akademiyasi sport majmuasida futzal bo‘yicha o‘tgan O‘zbekiston chempionati oliy ligasi jamoalari o‘rtasidagi 4-tur o‘yinlari orqali aniqlashga harakat qildik. Uch kun davomida o‘tgan musobaqa juda keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Asosiy e’tiborni O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasiga nomzodlari bor klublarning o‘yiniga qaratdik. 4-turning birinchi kuni termaga nomzod 2 nafardan futzalchilar to‘p surayotgan Buxoro viloyati Olot tumanining “Oyl Star” klubi va Samarqandning “Dinamo” futzalchilari o‘rtasidagi bahs 3:3 hisobida tugadi. 

Bekobodning “Metallurg” va Chirchiq shahrining “Maksam Chirchiq” klublari o‘rtasidagi o‘yin 2:3 hisobida yakunlandi. Shu kungi Namanganning “Navbahor” va Toshkentning “Paxtakor” jamoalari bahsi – 3:7 hisobida poytaxtliklar foydasiga, “Jizzax Kenteks” va “Bunyodkor” klublari bahsi esa 1:6 hisobida yakuniga yetdi.

Ikkinchi kungi bahslarda mamlakatimiz milliy terma jamoasiga 5 nafar futzalchi chaqirilgan, O‘zbekistonning amaldagi chempioni Jizzax viloyatining BMB klubi Toshkentning “Lokomotiv” klubiga qarshi kechgan o‘yinda poytaxtliklarga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. BMB – “Lokomotiv” yakuniy hisob – 10:1. 

Mamlakat chempionligi uchun asosiy da’vogarlardan yana biri deb qaralayotgan, tarkibida milliy terma jamoaga 4 nafar futzalchisi chaqirilgan Olmaliqning OKMK jamoasi Qarshining “Nasaf” klubi ustidan 5:2 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, poytaxt “derbi”si – “Bunyodkor” va “Paxtakor” o‘rtasidagi bahs 1:2 hisobida tugadi. “Jizzax Kenteks” jamoasi “Navbahor” ga kichik, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Yakuniy uchrashuv BMB va OKMK o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. BMB jamoasiga – “BMB-OPERA ZAFFERANO” O‘zbekiston – Italiya qo‘shma korxonasi homiylik qilayotgan bo‘lsa, OKMK klubini Olmaliq kon-tog‘ metallurgiya korxonasi qo‘llab turibdi. Bu ikki klub o‘rtasidagi bahsda Jizzax viloyati vakillari 4:2 hisobida ustun keldi. 

Mamlakat chempionligiga da’vogarlardan yana biri “Oyl Star” klubi bu safar “Maksam Chirchiq” jamoasini 6:4 hisobida yenggan bo‘lsa, “Metallurg” va “Dinamo” o‘rtasidagi o‘yinda tomonlar murosa ko‘chasini tanladi – 2:2. Avvalgi o‘yinda BMBdan zarbaga uchragan “Lokomotiv” klubi nihoyat o‘z o‘yinini topgandek. Shu kuni poytaxtliklar Qashqadaryo viloyatining “Nasaf” jamoasini 1 to‘p farqi bilan (3:2) mag‘lub etdi.

Ushbu bellashuvlarni kuzatib, mamlakatimiz klublarida to‘p surayotgan nomzod futzalchilarning jismoniy tayyorgarliklari va ruhiy holatlari yaxshi degan xulosani berish mumkin. Quvonarlisi, ular Jizzaxdagi bahslarda, o‘z o‘yinlari bilan ajoyib sport formasida ekanlarini namoyish eta oldi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi ispaniyalik taniqli mutaxassis Xose Venansio Lopes bosh murabbiyligida joriy yilning 11 dekabridan 21 dekabriga qadar Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi. 

Terma jamoamiz 18 va 20 dekabr kunlari Afrikaning amaldagi chempioni, jahonning kuchli termalaridan biri Marokash futzalchilariga qarshi 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Ispaniyalik bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes ushbu uchrashuvlarga mamlakatimizning 7 klubida to‘p surayotgan 16 nafar sportchini taklif qilgan. 

Futzal milliy terma jamoamizning yurtimizda o‘tishi rejalashtirilgan jahon chempionatida munosib ishtirok etishlari uchun dunyoning kuchli futzal terma jamoalari bilan ko‘proq o‘rtoqlik sinov uchrashuvlarini o‘tkazishlari talab etiladi, o‘shanda yigitlarimiz ham yaxshigina toblanib oladi. 

Endi hamma gap, ispaniyalik taniqli mutaxassisning qanchalik to‘g‘ri taktika tanlab, futzalchilarimizning iqtidoridan kelib chiqqan holda munosabatda bo‘lishida. Zero, sportchilarimiz jahon futzal yulduzlari safida bo‘lishga to‘laqonli haqlidir. Buni ular Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligida 2021 yilda Litva davlatida o‘tgan dunyo birinchiligidagi munosib ishtiroklari bilan isbotlab bergan edi. 

A.Qayumov,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzal: O‘zbekiston jahon chempionatiga tayyormi?