Futzal: Oliy liga bahslariga qur’a tashlandi
Bugun, 20-avgust kuni O‘zbekiston futzal federatsiyasi anjumanlar zalida futzal bo‘yicha XXX milliy chempionat - Oliy liga bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendes shuningdek, Oliy liga ishtirokchilari bo‘lgan jamoalarning bosh murabbiylari va vakillari qur’a jarayonida bevosita qatnashib, uning shaffof va xolis o‘tishini kuzatib borishdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, 1-turda quyidagi jamoalar o‘zaro kuch sinashadi:
“Lochin” — BMB
“Samarqand” — “Olmaliq”
“Nasaf” — “Sayxun”
“Nurafshon” — “Zarafshon”
“Maksam-Chirchiq” — “Neftchi”
SQB — “Xorazm”

Eslatib o‘tamiz, Oliy liganing 1-tur uchrashuvlari joriy yilning 4–9-sentabr kunlari Jizzax shahridagi viloyat futbol akademiyasi sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA