Futzal boʻyicha mamlakat chempionati davom etmoqda
Futzal boʻyicha XXII Oʻzbekiston chempionatining 18-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
Futzal boʻyicha XXII Oʻzbekiston chempionatining 18-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi.Toshkent viloyatining “AGMK” jamoasi 36 oʻyin (nizomga koʻra futzalchilar har bir turda ikkitadan oʻyin oʻtkazadi)dan soʻng, 95 ochko toʻplagan holda yakka peshqadam boʻlib turibdi. Keyingi oʻrinda borayotgan “Paxtakor” jamoasi 88 ochko jamgʻargan. 3-oʻrinni egallab turgan “Neftchi” jamoasi hisobida 73 ochko bor.
12 ta jamoa ishtirok etayotgan mamlakat chempionatida Navoiyning “Qizilqum” klubi autsayder boʻlib turibdi. Jamoa bor yoʻgʻi 7 ochko toʻplagan.

