Futbolchi qizlar tantanali kutib olindi
Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan maktab o‘quvchi-qizlari o‘rtasida futbol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasida ishtirok etgan jamoalar Nukus temir yo‘l vokzalida tantanali kutib olindi.
Mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Amudaryo tumanidagi 37-sonli umumta’lim maktabi hamda Bo‘zatov tumanidagi 10-sonli umumta’lim maktabi qizlaridan tuzilgan jamoalar munosib ishtirok etdi.

Tadbirda soha rahbarlari, tuman mutasaddilari, maktab jamoalari va ota-onalar ishtirok etib, futbolchi qizlarni qo‘lga kiritgan g‘alabasi bilan muborakbod etdi.

Ta’kidlash joiz, musobaqada Bo‘zatov tumani 10-sonli umumta’lim maktabi jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib qizlar tashkilotchilar tomonidan bosh sovrin – “Damas” avtomobili hamda 200 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.