“Transfermarkt” Turkiya chempionatining yangilangan transfer narxlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ushbu chempionatda to‘p tepayotgan Azizbek Turg‘unboyev (“Sivasspor”) 800 ming yevro, Husniddin Aliqulov (“Rizespor”) esa 1,7 million yevro, deya baholandi.

***

Futbol bo‘yicha Millatlar ligasi musobaqasining 1/4 final javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

Germaniya — Italiya 3:3 (ilk o‘yin — 2:1);

Ispaniya — Niderlandiya 3:3 (ilk o‘yin — 2:2), penaltilar bo‘yicha 5:4;

Portugaliya — Daniya 5:2 (ilk o‘yin — 0:1);

Fransiya — Xorvatiya 2:0 (ilk o‘yin 0:2), penaltilar bo‘yicha 5:4.

Endi musobaqaning yarim finalida Germaniya — Portugaliya, Ispaniya — Fransiya terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.  

Ushbu bosqich uchrashuvlari 4-5 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Final bahsi esa 8 iyunda o‘tadi. Mazkur o‘yinlarning barchasi Germaniyada tashkil etiladi.

***

“We Global Footbal” nashri Osiyo qit’asi uchun “JCH-2026” saralash bahslarining 8-turidan avval o‘zining yangilangan reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 7-turda O‘zbekiston Milliy terma jamoasining Qirg‘iz Respublikasi termasini mag‘lub etganidan so‘ng dunyo birinchiligiga chiqish imkoniyatlari 92,6 foizga baholandi.

***

Ayder Kurbayev murabbiyligidagi O‘zbekiston U15 terma jamoasi Qozog‘istondagi xalqaro turnir doirasida Tojikistonga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Ravshan Haydarov qo‘l ostidagi O‘zbekiston U23 terma jamoamiz esa Xitoydagi xalqaro turnirda Vetnam bilan murosa ko‘chasini tanladi. Makur o‘yinda har ikkala jamoa darvozasi ishg‘ol etilmadi.

Mazkur uchrashuvdan so‘ng, O‘zbekiston 2 ochko bilan Vetnam singari 2-o‘rinni band etib turibdi. Peshqadam Xitoyda 4 ochko bo‘lsa, Janubiy Koreya termasi 1 ochko bilan oxirgi pog‘onaga joylashgan.

***

Tiago Motta “Yuventus“ bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi va bu lavozimga xorvatiyalik Igor Tudor tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, 42 yoshli Tiago Motta joriy mavsum oldidan Massimiliano Allegri o‘rniga “Yuventus“ bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Turinliklar 29-turdan keyin 52 ochko bilan “A” Seriya jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.  

Oxirgi o‘yinlarda ular “Atalanta“ (0:4) va “Fiorentina“ (0:3) jamoalariga yirik hisobda yutqazdi. Shuningdek, Italiya kubogi chorak finalida “Empoli“ga penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida: Igor Tudor 1998 yildan 2007 yilgacha "Yuventus"da o‘ynab, Italiya chempioni bo‘lgan va Chempionlar ligasi finalida o‘ynagan. Xorvatiyalik mutaxassis 2020/21 yilgi mavsumda Andrea Pirloning Turin klubidagi murabbiylar shtabida ishlagan.

***

“Roma” klubi o‘z tarkibidagi 11 nafar turli terma jamoa a’zolarini FIFA kunlari munosabati bilan yurtiga jo‘natdi.

“Roma” faoliyatini yoritib kelayotgan vocegiallorossa.it  nashri jamoaning hozirgi tarkibi vakillari orasidan xalqaro maydonda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.

Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu reytingdan Eldor Shomurodov ham joy oldi. Ushbu portal tuzgan yangicha reytingda futbolchimiz birinchi o‘rinni egalladi.  

Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va to‘purari Eldor Shomurodov xalqaro maydonda 79 ta uchrashuv o‘tkazgani qayd etilgan. “Roma” futbolchilari orasida hech bir futbolchi legionerimizchalik xalqaro maydonda ko‘p o‘yinga tushmagan.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol xabarlari