Navoiyning «Qizilqum» klubi Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tgan xalqaro turnirda munosib ishtirok etib, vitse-chempionga aylandi.

Mazkur musobaqaning yarim finalida «Qizilqum» jamoasi «IMT Belgrad» jamoasini 3:0 hisobida taslim etdi. So‘nggi hal qiluvchi final bahsida esa «Ural» jamoasiga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, Jamshid Saidov shogirdlari xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi.  

***  

Germaniyada o‘tayotgan Yevropa chempionatining final bahsini 35 yoshli fransiyalik hakam Fransua Letekse boshqaradigan bo‘ldi. Unga qanotlarda hamyurtlari Siril Myune va Medi Ramuni yordam bersa, VAR hakamlari sifatida Jerom Brizar, Villi Dejalo va Massimiliano Irrati ishlaydigan bo‘ldi.   

Final uchrashuvi 14 iyul kuni Ispaniya va Angliya o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.   

***  

Ukraina futbol assotsiatsiyasi ijroiya qo‘mitasi milliy terma jamoa Millatlar ligasida uy o‘yinlarini o‘tkazadigan davlatlar nomini e’lon qildi.   

Unga ko‘ra, Sergey Rebrov boshchiligidagi Ukraina milliy terma jamoasi «B» ligasining 1-guruhidan joy olgan bo‘lib, 7 sentyabr kuni Chexiyada Albaniyani, 11 va 14 oktyabr kunlari Polsha mamlakatida Gruziya va Chexiyani qabul qiladi.  

***  

«Real Madrid» klubi va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem uzoq muddatga safdan chiqishi mumkin. Bunga sabab yelkasidan olgan jarohatdir.   

Ayni damda futbolchi yelkasidagi og‘riqlardan aziyat chekmoqda. Angliyalik futbolchi Yevropa chempionati finalidan so‘ng operatsiya qilinishi mumkin. Agar jarrohlik amaliyoti amalga oshirilsa, Jud kamida ikki oy maydonga tusha olmaydi.   

«Real Madrid» rahbariyati Bellingemning operatsiyasi bo‘yicha yakuniy pozitsiyani Yevropa chempionati yakunlanganidan keyin hal qiladi. Yarim himoyachi madridliklar safidagi ilk mavsumdayoq Yevropa chempionlar ligasi, Ispaniya La Ligasi va Ispaniya Superkubogida g‘olib chiqdi.   

***  

«Liverpul» navbatdagi mavsumga yangi bosh murabbiy Arne Slott qo‘l ostida tayyorlanmoqda. Yangi murabbiylar shtabi va klub rahbariyati qaroriga ko‘ra, Muhammad Saloh, Virjil van Deyk va  Aleksander-Arnold kabi futbolchilar jamoani tark etmaydigan bo‘ldi va ular borasidagi har qanday taklif ko‘rib chiqilmasligiga kelishib olindi.   

Ma’lumot o‘rnida: «Liverpul» yangi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini 17 avgust kuni Angliya Premer-ligasi debyutanti «Ipsvich» maydonida o‘tkazadi.   

*** 

"Manchester Yunayted"ning braziliyalik yarim himoyachisi Kazemiro faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Unga "Al-Ittihod" klubi qiziqmoqda. Ammo hali ushbu klub va futbolchi o‘rtasida rasmiy muzokaralar o‘tkazilmagan.

Braziliyalik futbolchi o‘tgan mavsum "MYU" safida jami 32 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 5 marta ishg‘ol qildi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.  

Kazemironing "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt internet portali futbolchining narxini 20 million yevroga baholamoqda.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol xabarlari