Osiyo futbol konfederatsiyasi 2026 yilning 7-25 yanvar kunlari Saudiya Arabistonida o‘tadigan U23 Osiyo kubogi final bosqichiga qur’a tashlash marosimining sanasi va joyini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, mazkur tadbir joriy yilning 2 oktyabr kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadi.
Qur’ada jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston U23 terma jamoasi 1-savatchadan o‘rin egalladi.
1-savatcha: Saudiya Arabistoni (musobaqa mezboni), O‘zbekiston, Yaponiya, Iroq.
2-savatcha: Koreya Respublikasi, Vetnam, Avstraliya, Qatar.
3-savatcha: Tailand, Iordaniya, BAA, Eron
4-savatcha: Xitoy, Suriya, Qirg‘iz Respublikasi, Livan.
Eslatib o‘tamiz, jamoalarning qaysi savatchadan joy olishi "Tailand-2020", "O‘zbekiston-2022" va "Qatar-2024" Osiyo kubogida qayd etgan natijalaridan kelib chiqqan.
T.Ro‘ziyev, O‘zA