Futbol: Olimpiyachilarimiz Qatar bilan kuch sinashadi
Nigohini Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga qaratgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi shu kunlarda bosh murabbiy Timur Kapadze yetakchiligida Qatar yashil maydonlarida o‘tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etmoqda.
Xabar berganimizdek, olimpiyachilarimiz mazkur yig‘in davomida Qatar Olimpiya terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvlarida maydonga tushmoqda.

Dastlabki o‘yinda tomonlar murosa yo‘lini (1:1) tanlagandi. O‘sha uchrashuvda Qatar darvozasiga kiritilgan golga terma jamoamiz futbolchilaridan Alisher Odilov mualliflik qilgandi.
Hamyurtlarimiz bugun, 26-mart kuni Qatar olimpiyachilari bilan ikkinchi nazorat uchrashuvida kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Qatarda o‘tadigan ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan 23:30 da boshlanadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA