Bugun, 28 dekabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Osiyo chempionlar ligasining nimchorak finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, "Nasaf" "Al Ayn" bilan, "Navbahor" esa "Al Ittihod" bilan nimchorak finalda kuch sinashadigan bo‘ldi.
Nimchorak final juftliklari (g‘arb):
"Nasaf" – "Al Ayn" (BAA);
"Al Fayha" (Saudiya Arabistoni) – "Al Nassr" (Saudiya Arabistoni);
"Sepaxon" (Eron) – "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni);
"Navbahor" – "Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni).
Nimchorak final o‘yinlari 2024 yilning 12-13 fevral va 19-20 fevral kunlari, chorak final bahslari 4-5 mart va 11-12 mart kunlari, yarim final 16, 23 aprel kunlari, final uchrashuvi may oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionlar ligasi g‘arb va sharq mintaqasiga bo‘lingan holda tashkil etilmoqda. Hozirda har ikki mintaqaning 8 tadan futbol klublari nimchorak bahslarida ishtirok etmoqda.
Sharq mintaqasidan joy olgan futbol klublari orasida Janubiy Koreyaning “Jeonbuk Hyundai Motors”, “Pohang Steelers”, “Ulsan Hyundai”, Yaponiyaning “Ventforet Kofu”, “Kawasaki Frontale”, “Yokohama F. Marinos”, Tailandning “Bangkok United”, Xitoyning “Shandong Taishan” jamoalari bor.
Sharq mintaqasi uchun tashlangan qur’a natijasiga ko‘ra, “Jeonbuk Hyundai Motors” - “Pohang Steelers”, “Ulsan Hyundai” – “Ventforet Kofu”,
“Shandong Taishan” - ”Kawasaki Frontale”, “Bangkok United” – “Yokohama F. Marinos” jamolari ro‘baro‘ keladi. O‘yinlar 13-14 fevral hamda 20-21 fevral kunlari o‘tkaziladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA