Futbol: Mamlakat kubogi finalchilari nomi ma’lum
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogida yarim final bahslari o‘tkazildi. Unda "Nasaf" o‘z maydonida "Dinamo" jamoasini 2:1 hisobida yengdi. Ushbu uchrashuvda mezbonlar vakili Azizbek Amonovning ikki goliga Vohid Oqbo‘tayev bir goli bilan javob berdi.
Mamlakat kubogining ikkinchi yarim finali Olmaliqda o‘tkazildi. "OKMK" mezbonlik qilgan o‘yinda "Navbahor" mag‘lub bo‘ldi.
Aniqrog‘i shiddatli tarzda o‘tgan uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham hisob o‘zgarmadi. Penaltilar seriyasida esa omad "OKMK" jamoasiga kulib boqdi –4:3.
Endi mamlakat kubogi finalida "Nasaf" va "OKMK" bosh sovrin uchun kurash olib boradi. Mazkur o‘yin 12 noyabr kuni Qarshidagi “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA