FOTOREPORTAJ

Joriy yilning 7-10 iyul kunlari «Bunyodkor» akademiyasi o‘quv-mashg‘ulot maydonida taniqli futbol sharhlovchisi, fidoyi inson, futbol mavzusidagi bir necha kitoblar muallifi Axbor Imomxo‘jayev xotirasiga bag‘ishlangan turnir bo‘lib o‘tdi.

Mini futbol bo‘yicha ikkinchi bor o‘tkazilgan xotira turnirida 10 ta futbol jamoasi bellashdi. 

Kecha bo‘lib o‘tgan yakuniy natijalarga ko‘ra, «O’FA» jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi: «O’FA» - «Kun.uz» 5:2.  Futbol assotsiatsiyasi jamoasi ko‘chma kubok sohibi bo‘ldi. Finalda mag‘lubiyatga uchragan «Kun.uz» esa 2-o‘rin bilan kifoyalandi.

3-o‘rin uchun «Paxtakor» hamda «Championat.asia» futbolchilari maydonga tushdi. Keskin va qiziqarli o‘tgan uchrashuv 2:0 hisobida, «Paxtakor»chilar foydasiga hal bo‘ldi.

[gallery-18218]

Shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar ham aniqlandi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan kubok, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol assotsiatsiyasi jamoasi xotira turniri g‘olibi bo‘ldi