Prezidentimiz rahnamoligida tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish, ularning faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar bermoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish, ularning faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar bermoqda. Buning isbotini Andijon viloyatida 23 ming 500 kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyekti faoliyat olib borayotgani va ularning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 44,8 foizni tashkil etayotgani misolida ham ko‘rish mumkin.

Joriy yilning birinchi choragida tijorat banklari tomonidan 4 ming 500 kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektiga qariyb 200 milliard so‘m miqdorida kredit ajratilishi natijasida 12 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi, turi va sifati ortdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Tashabbus” respublika ko‘rik-tanlovining Andijon viloyati bosqichida eng ilg‘or tadbirkor, fermer va hunarmandlar o‘z mahsulotlari va xizmatlari bilan ishtirok etdi.

– Korxonamizda 20 dan ziyod turdagi trikotaj mahsulotlari tayyorlanadi, – deydi Andijon shahridagi “Firdavs” savdo-sanoat mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Gulnora Yo‘ldosheva. – Joriy yilning birinchi choragida 20 million so‘mlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqarildi va ichki bozorga yetkazib berildi. Ishlab chiqarish hajmi va mahsulot sifatini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti rivoji va xalqimiz farovonligiga hissa qo‘shish asosiy maqsadimizdir.

Milliy matodan tikilgan zamonaviy ko‘rinishdagi liboslar, “Andijon”, “Chust”, “Iroqi” va zar do‘ppilar, haykaltaroshlik, duradgorlik mahsulotlari, Andijon tumanidagi “Fusunkor” mas’uliyati cheklangan jamiyatining import o‘rnini bosuvchi elektr butlovchi himoya vositalari, Baliqchi tumanidagi “Mini teks” xususiy korxonasi sport jihozlari, shuningdek, qator fermer xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat, sut mahsulotlari, ayniqsa, ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

– Tanlovda ilk bor ishtirok etishim, – deydi izboskanlik yosh hunarmand Oygul Tojiddinova. – Turli ko‘rinishdagi sovg‘abop qutichalar, shaxmat taxtasi kabi 30 dan ziyod hunarmandlik buyumlari bilan qatnashmoqdaman. Bunday tadbirlar hamkorlar topish, tajriba almashish va faoliyatimizni yanada takomillashtirish imkonini yaratishi bilan ahamiyatlidir.

Andijon tumanidagi "Fusunkor" mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Ulug‘bek Sodiqov "Yilning eng yaxshi tadbirkori", Bo‘z tumanidagi "Feruzbek Qodirov" fermer xo‘jaligi rahbari Bahodirjon Qodirov "Yilning eng yaxshi fermeri", izboskanlik hunarmand Yo‘lbars O‘taganov “Yilning eng yaxshi hunarmandi” yo‘nalishlarida g‘olib deb topildi va tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

“Eng yaxshi yosh tadbirkor”, “Eng yaxshi tadbirkor ayol”, “Eng yaxshi innovatsion loyiha”, “Eng yaxshi eksportchi”, “Yoshlarga eng ko‘p ish o‘rni yaratgan tadbirkor” kabi o‘ndan ortiq nominatsiya bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Fusunkor” rahbari – g‘olib