FOTOREPORTAJ
Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, xalqimizning fidokorona mehnati tufayli mamlakatimiz har tomonlama rivojlanmoqda. Barcha shaharu qishloqlarimizda keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, aholining hayot sifati yildan yilga yuksalib bormoqda. Buni Farg‘ona viloyati Furqat tumani misolida ham ko‘rish mumkin.
Tumanning joriy yildagi eksport o‘sish sur’atlarining asosiy drayverlari to‘qimachilik, meva-sabzavot yetishtirish, toy paxta, paxta chiqindisi, xo‘jalik gugurti ishlab chiqarish hisoblanadi.
Tuman tadbirkorlari dunyoning 10 ta davlatiga 10 turdan ortiq mahsulotni eksport qilish hamda 20 ta tadbirkorlik sub’ektini eksport faoliyatiga jalb etishni rejalashtirgan. 4 ta kichik va 2 ta “Yoshlar” kichik sanoat zonalarida umumiy qiymati qariyb 45 milliard so‘m bo‘lgan 59 ta loyiha hayotga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.
“Obod qishloq” dasturi doirasida “G‘uncha” va “Chek chuvaldoq” MFYning arxitektura qiyofasini yangilash va obodonlashtirish maqsadida 28 milliard 594 million so‘mlik ish amalga oshiriladi.
Tumandagi “Mastona bo‘stoni” MCHJ tomonidan Ardaxshon mahallasida yangi un zavodi barpo etilyapti. Umumiy qiymati 42 milliard so‘m bo‘lgan loyiha ishga tushgach, yiliga 48 ming tonna un ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.
Shu tariqa korxonada yiliga 3 million AQSH dollari miqdorida un va un mahsulotini eksport qilish rejalashtirilgan. Ayni paytda asosiy binolar va qo‘shimcha ob’ektlarda pardozlash ishlari sifatli yakuniga yetkazilyapti. O‘z navbatida, bu yerga Turkiyadan so‘nggi rusumdagi texnologiyalar olib kelinib, o‘rnatilmoqda.
[gallery-7652]
Muqimjon QODIROV (surat),O‘zA