Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan o‘zbek mumtoz adabiyoti vakili Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film suratga olinmoqda.

Kinematografiya agentligi axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, film ssenariysi muallifi Baxtiyor Yoqubov, rejissyor Muzaffar Qoraboyev, operator Ravshan Musayev, rassom Sanjar Aminov, kompozitor Abulqosim Muinzoda, kartina direktori esa Shuhrat Boltabayevdir. Shafoat Rahmatullayeva, Rasulxon Qodirxonov, Muhammadsoli Yusupov, Gleb Gollender, Mirkamol Qoraboyev, Yulduz Payziyeva, Bobur Aytmagambetov kabi aktyorlar rollar ijro etmoqda.  

Suratga olish ishlari ayni kunlarda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi Hamza Hakimzoda Niyoziy uy-muzeyida, Muqimiy madrasasida, Qo‘qon jome masjidida, “Barkamol avlod” bolalar maktabida, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat universiteti huzuridagi Qo‘qon neft va gaz sanoati texnikumida bo‘lib o‘tmoqda.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Furqat haqida hujjatli film yaratilmoqda