Mamlakatimiz istiqlolga erishganidan keyin O‘zbekiston adolatli fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lidan bormoqda. Bu yo‘l ajdodlarimiz hayotida tarixiy tajribaga ega bo‘lish bilan birga xalqaro miqyosda ham keng qo‘llanilishi bilan ahamiyatlidir.

Fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lida tarixda ko‘plab davlatlar siyosiy boshqaruv ishlarida islohotlar olib borganlar. Xususan, O‘rta Osiyodagi davlatchilik taraqqiyotida ham bu jarayonni kuzatish mumkin. Bu zaminda qadimda mavjud bo‘lgan Baqtriya, Xorazm, Sug‘diyona, shuningdek, ko‘chmanchi-chorvachilik bilan hayot kechirgan saklar va massagetlar ijtimoiy-siyosiy hayot yo‘lining asosida fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalasi ustuvor sanalgan. Xalq ozodligi uchun kurashgan qahramonlar ham jamiyatda fuqarolarning huquqiy va siyosiy erkinligi uchun harakat qilganlar.  

IX-XII asrlarda O‘rta Osiyoda mavjud bo‘lgan o‘zbek davlatchilik tarixida fuqarolik jamiyatini shakllantirish, har bir aholi qatlami orasida manfaatlarini himoya qilish davlatning asosiy siyosiy yo‘li hisoblangan. Xususan, Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Xorazmshohlar kabi davlatlar boshqaruvida bu holni kuzatish mumkin. Chunki bu davlatlar boshqaruv tarixida xalqning manfaatlarini ustun qo‘yish, aholining talablariga mos jamiyatni barpo etish g‘oyasi ustuvor vazifalardan sanalgan.

Mazkur davrda ilm-fan va madaniyatning rivojlanib, sharq o‘yg‘onish davrining vujudga kelishi, insoniyat tamadduniga sabab bo‘lgan ilmiy  fanlarning shakllanishi bu davlatlarning adolatli, tinch va osoyishta jamiyatning tarkib toptirgani tufayli bo‘lsa ajab emas. Ayni shu davrda buyuk mutafakkirlarning jamiyat va davlat, uning fuqaro bilan bog‘liqliklari haqidagi o‘ziga xos  qarashlari o‘rtaga tashlandi. Jumladan, Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri” asarida jamiyatning kelib chiqishi haqida shunday mulohazalarni bayon qiladi: “Har bir inson tabiatan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi…Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda, ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi”.

Vujudga kelgan fuqarolik jamiyatini adolatli tarzda amalga oshirish masalalariga  to‘xtalar ekan, bunday jamiyat “shunday bo‘ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo‘lgan har bir odam kasb-hunar bilan shug‘ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod bo‘ladilar”, – deydi. Mamlakatda  adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirgan holda boshqarish muammosini Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asarida ham asoslab berilgan.

Ajdodlarimiz tarixiga nazar solar ekanmiz, adolatli jamiyat qurish g‘oyasi haqida gap ketganda buyuk bobokolonimiz Amir Temurning bu yo‘lda olib borgan faoliyatlariga alohida e’tibor qaratish mumkin. Sohibqiron  o‘zi tuzgan mamlakatda adolat bayrog‘ini ko‘tardi. Kuch adolatda va haqiqatda ekanligini anglab, bu g‘oyani o‘ziga shior qilib oldi. Shuning uchun ham xalqni boshqarishda fuqarolik jamiyat qurish yo‘lidan borib, barchaning haq-huquqlarini himoya qildi. Adolatli fuqarolik jamiyati mustahkam davlatchilikka asoslanadi. Bunday davlatda qonun ustuvorligi ta’minlanadi.

Amir Temur barpo etgan davlat mustahkam  huquq tizimiga ega bo‘lib, unda qonun shariat va urf-odatlar asosida mustahkamlanadi. Zero davlatning mustahkamligi xalqning osoyishta hayot kechirib, jamiyatda barqaror taraqqiyotiga omil bo‘ladi.

Amir Temurning davlatchilikni yanada rivojlantirishga qo‘shgan eng muhim hissasi jamiyat rivojida barcha ijtimoiy tabaqalar faoliyatini nazarda tutib, ularning manfaatlarini himoya qilishidadir. Shuningdek, aholini 12 ta qatlamga ajratib, ularning davlat va jamiyat bilan o‘zaro aloqadorligini ko‘rsatib beradi. Sohibqironning adolatli jamiyat qurish tadbirlarini uning vorislari Shohruh Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Husayn Bayqaro, Bobur Mirzo kabilar ham davom ettirib, o‘ziga xos davlatchilikka asos soladilar. Fuqarolik jamiyatiga xos an’analar, huquqiy me’yorlar, adolat va haqiqatning tantanasi temuriyzodalar boshqargan davlatchilikning muhim jihatlaridan sanaladi.

O‘rta Osiyoda Rossiya imperiyasi mustamlakasidan ozod bo‘lish g‘oyasining fidoyi jonkuyarlari bo‘lgan jadidlar o‘zlarining siyosiy qarashlari orqali adolatli fuqarolik jamiyat qurish g‘oyalarini ilgari suradilar. Jamiyatda adolatni o‘rnatmoq uchun avvalo istiqlolga erishish muhim ekanligini maqolalari va asarlari orqali anglatishga harakat qilganlar.

Ayniqsa, 1917 yil fevral inqilobidan keyin Behbudiy, Munavvarqori, Avloniy, Fitrat, U.Asadullaxo‘jayev kabilar asar va maqolalarida adolatli jamoaviy jamiyat qurish yo‘lini ilgari surib, amaliy harakatga kirishadilar. Buning uchun “Sho‘roi Islom”, “Sho‘roi Ulamo”, “Turon” kabi siyosiy jamiyatlar tashkil etib, adolatli mustaqil davlat barpo etish choralarini izlay boshlaydi. Shu yilning noyabr oyida jadidlar Turkiston Muxtoriyatini tashkil etib, yangi davlatning fuqarolik jamiyat qurish dasturlarini ishlab chiqadi. Ammo mustabid sovet rejimi harbiy qurol kuchi orqali ajdodlarimizning bunday jamiyat qurish yo‘lidagi intilishlariga g‘ov bo‘ldilar.  

Adolat tantana qilib, 1991 yil yurtimiz mustaqilligini qo‘lga kiritgach, xalq manfaati va farovonligi yo‘lida, yurtimizning tinch va osoyishta barqarorligini ko‘zlab, adolatli fuqarolik jamiyat qurish g‘oyasi ilgari surildi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda olib borilgan islohotlar va taraqqiyot dasturlarining asosiy g‘oyasi xalq manfaatlarini ifoda etadigan fuqarolik jamiyatini barpo etish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash orqali adolatni qaror toptirish ekanligi Yangi O‘zbekistonning rivojlanish yo‘li xalqchil ekanligidan dalolatdir. Mamlakatimizda olib borilgan qator islohotlarning natijasi yurtimizda huquqiy demokratik g‘oyalarga asoslangan fuqarolik jamiyatini qurishga qaratilgan siyosiy yo‘ldan iboratdir.  

Obid Tangirov,
Toshkent islom instituti  
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri,  
tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD
O‘zA
 
Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolik jamiyatini qurishda tarixiy qarashlar qanday bo‘lgan?