FOTOREPORTAJ
Termiz shahar hokimligida mamlakatimizda pensiya, nafaqa va kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, yolg‘iz qariyalar va keksa yoshdagilarga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish, fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish va sohada muammolarni bartaraf etish yuzasidan qabul qilingan qaror, farmonlar mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida seminar tashkil etildi.
Tadbirda deputatlar, hokim yordamchilari, mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
[gallery-6222]
Viloyat byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi boshqarmasi boshlig‘i X. Normamatov, soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i S. Rahmonqulov va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari A. Karimov ma’ruza qildi. Mavzu yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Seminarda soha mutaxassislari aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari, nafaqalar belgilash ko‘rsatgichlari va ularni tayinlash bo‘yicha ishtirokchilarning qator savollariga batafsil javob qaytardi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat),O‘zA