Fuqarolarning köçmas mulkka bölgan huquqlarini davlat röyxatidan ötkaziş masalalari körib çiqildi
Maʼlumki, aholi murojaatlari bilan işlaş, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarga yeçim topiş davlat idoralari faoliyatining muhim yönalişlaridan biridir.
Bugungi kunda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toşkent şahar boşqarmalari rahbariyati tomonidan tumanlar kesimida muntazam ötkazib kelinayotgan sayyor qabullar fuqaro va tadbirkorlar murojaatlariga tezkorlik bilan yeçim topilişiga xizmat qilmoqda.
Muhim jihati, qabul ötkaziladigan manzil va unda iştirok etadigan mutasaddilar haqidagi maʼlumotlar ijtimoiy tarmoqlar orqali oçiq maʼlum qilib borilmoqda.
Navbatdagi oçiq muloqot Yangihayot tumanida taşkil qilindi. Uşbu qabulda 50 dan ziyod fuqaroning kadastrga oid muammo va murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning vakolat doirasida hal etilişi mumkin bölganlari yuzasidan tegişli huquqiy tuşuntirişlar berilib, qöşimça örganiş talab etadigan masalalar nazoratga olindi. Ularning qonunçilikda belgilangan tartibda hal etilişini taʼminlaş böyiça masʼul xodimlarga aniq vazifalar yuklatildi.

Qabulda şuningdek, tegişli qonun ijrosi yuzasidan olib borilayotgan xatlov işlari, mazkur qonun bilan aholiga yaratilgan qulayliklar haqida ham batafsil töxtalib ötildi.
– Sayyor qabullar davomida fuqarolarning yer munosabatlari, köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş, kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş hamda sohaga oid boşqa masalalar yuzasidan murojaatlari körib çiqilmoqda, – dedi Boşqarmaning taşkiliy işlar, ijro intizomi va murojaatlar bilan işlaş şöʼbasi boşliği Umidjon Obidjonov. – Har bir murojaatni atrofliça örganiş, qonuniylik va adolat tamoyillari asosida hal etiş hamda fuqarolarning muammolariga amaliy yordam körsatiş asosiy eʼtiborda. Joriy yil sönggiga qadar yana Sergeli, Yaşnobod, Mirobod va Bektemir tumanlarida aholining kadastrga oid murojaatlarini joyiga çiqqan holda örganiş rejalaştirilgan.

Qayd etilganidek, joylarda taşkil etilayotgan sayyor qabullar, aholi vakillari bilan mutasaddi rahbarlarning uçraşuvlari bugun yaxşi anʼanaga aylandi. Xalq bilan muloqotning bu körinişi davlat idoralari va aholini bir-biriga yaqinlaştirib, örtadagi işonçni yanada mustahkamlaydi.
Gulnoza Boboyeva,ÖzA