Fuqarolarning xorijiy davlatlarga noqonuniy chiqishiga ko‘maklashib, qonunlarga bo‘ysunmayotgan kimsalarga qat’iy choralar ko‘rilayotganiga qaramasdan, hamon bunday jinoyatga qo‘l urayotgan kimsalar uchramoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ana shunday holatga chek qo‘yildi.  

Tadbir davomida Samarqand tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan N.F. mahalliy fuqaroni 16 ming AQSH dollari evaziga “Toshkent – Istanbul – Madrid – Meksika - AQSH” yo‘nalishi orqali AQSHga noqonuniy o‘tkazib qo‘yishni va’da qilib, so‘ralgan puldan 10 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Ushbu yo‘nalishdagi yana bir shunday tadbirda 1961 yilda tug‘ilgan, Samarqand tumanida yashovchi fuqaro R.M. mahalliy fuqaroni “Toshkent – Tel-Aviv” yo‘nalishi orqali Isroilga jo‘natib, u yerda ishga joylashtirish evaziga 18 ming AQSH dollari talab qilib, 12 ming dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.  

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

G‘. Hasanov,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolarni noqonuniy tarzda xorijga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi