Sir emas, uzoq yillar davomida fuqarolar nogironlik belgilash uchun qayerga borishni, kimga uchrashishni, qanaqa hujjatlar topshirishni bilmasdan nogironlik belgilari bo‘lsa ham uzoq vaqt Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi (TIEK) ko‘rigiga bora olmasdan yurgan.
Hujjatlarni TIEKga taqdim etishda to‘siqlarning ko‘pligi, bemorlar kasalligidan qat’i nazar 4 - 6 oy muddat davomida davolanganidan so‘ng barcha tekshiruvlardan o‘tib, keyin TIEKga yuborilishi, davolanishga pul to‘lashi ortiqcha xarajatga olib kelgan. Hatto nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, nuqsoni bor, ahvoli og‘ir fuqarolar ham sarson bo‘lib ortiqcha ovoragarchilik bilan tibbiy hujjatlar tayyorlab, davolanib keyin TIEKga yuborilar edi.
Mavjud muammolarga barham berish hamda fuqarolarga yengillik yaratish maqsadida nogironlikni belgilash bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, ijtimoiy xodimlar orqali yoki oilaviy shifokorlarga murojaat qilish imkoniyatlari yaratildi. Fuqarolarning tibbiy hujjatlarini TIEKga yuborish yashash joyidagi oilaviy shifokorlar tomonidan elektron tarzda amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi.
Quyida sohada amalga oshirilgan o‘zgarishlar xususida mutaxassislar va bemorlar fikrlarini havola qilamiz.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/gT3kH7Giq10" title="Fuqarolarga nogironlik belgilashda qanday yengilliklar berildi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA