Kadastr pasporti – ko‘chmas mulk ob’ekti to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar va ob’ektning kadastr raqamini o‘z ichiga olgan elektron hujjat hisoblandi.
Kadastr pasporti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida shakllantiriladi, – deydi Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Begzod Rajabov. – 2023 yil mobaynida Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasining hududiy filiallariga kadastr pasportini shakllantirish masalasida 27 ming 756 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 20 ming 57 tasi ijobiy hal etilib, kadastr pasporti rasmiylashtirilib berilgan.
Murojaatlarning 7 ming 437 tasi Kadastr pasportini shakllantirish uchun so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilganligi, ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi, ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagani, vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk ob’ektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilgani sababli bino-inshootlarga kadastr pasporti rasmiylashtirilmagan. Shuningdek, 257 tasi to‘lov jarayonida turibdi.
Eng ko‘p kadastr pasportlarini rasmiylashtirish tuman, shaharlar bo‘yicha viloyatning Guliston shahriga 4 260 ta, Guliston tumaniga 3489 ta, Sirdaryo tumaniga 3 088 ta to‘g‘ri kelmoqda.
Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri