Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi, uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan kadastr sohasiga oid qonun, farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash, tizimda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, yerlarning hisobini yuritish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, “Kadastr xalq xizmatida” shiori ostida aholiga kadastr sohasidagi qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirish, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Davlat kadastrlar palatasi Andijon viloyati boshqarmasi, uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan yakunlangan 2022 yil davomida joylarda o‘tkazilgan sayyor qabullar va targ‘ibot tadbirlari doirasida jismoniy va huquqiy shaxslardan kelib tushgan kadastr sohasiga oid 2 ming 415 ta murojaat ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi.
[gallery-10257]
Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 5 ming 98 ta murojaatning 405 tasi fuqarolarning yozma va og‘zaki, 4 ming 63 tasi turli tashkilot va idoralardan kelib tushgan murojaatlardir. Ularning barchasi boshqarmaning malakali mutahassislari tomonidan o‘rganilib, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali 630 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 301 tasi qanoatlantirilgan, fuqarolar tomonidan qilingan 376 ta murojaatdagi tushunmovchilik va muammolarni o‘rganish va hal etish bo‘yicha tegishli ishchi guruhlar tuzlib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish choralari ko‘rilmoqda. Qolgan 3 ta murojaat mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.
Umuman, olib borilgan ishlar natijasida boshqarmamizga kelib tushgan murojaatlarni 2 ming 415 tasi, ya’ni 47,3 foizi qanoatlantirildi. Yuqoridagi tushuntirish berilgan murojaatlarning 1 ming 266 tasi yoki 44,5 foizi uy-joylarga kadastr pasportlarini shakllantirish hamda ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, 499 tasi yoki 18,4 foizi yer maydoni ajratish, 867 tasi yoki 17 foizi yerlardan noqonuniy foydalanish hamda 51 tasi yoki 8,86 foizi tuman, shahar bo‘lim va filiallar rahbar xodimlarining xatti-harakatidan norozilik bildirilgan murojaatlar tashkil etdi.
Joriy yilda ham aholi murojaatlari bilan ishlash, aholi o‘rtasida kadastr sohasiga oid qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan amaliy va targ‘ibot ishlarimizni izchil davom ettiramiz. Maqsadimiz, kadastr sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada aholini qiynayotgan muammolarni hal etishga ko‘maklashishdir.
Dilshod AKBAROV,
Davlat kadastrlari palatasi
Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i
O‘zA