Favqulodda vaziyatlar vazirligida konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan muhokama-munosabat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘tgan davr mobaynida jamiyatimizning siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotida tub o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu esa Bosh qomusimizda "Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat" tamoyillarini mustahkamlash, turli islohotlar jarayonida inson manfaatlari bosh mezon bo‘lishini ta’minlash hamda davlat hokimiyati asoslarini takomillashtirish dolzarbligini ko‘rsatmoqda.  

Yig‘ilishda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan keng ko‘lamli vazifalar, xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash kabi maqsadlar mamlakatimizda tub islohotlarga mos yangi konstitutsiyaviy-huquqiy makonni yaratish zaruratini yuzaga keltirayotgani xususida fikr-mulohazalar bildirildi.  

Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan aholi fikr va takliflarini qabul qilish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgani, natijada, yurtimizda olib borilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarda nafaqat olimlar, huquqshunos, mutaxassislar, balki, fuqarolarning o‘zi ham bevosita ishtirok etayotgani qayd etildi.  

Bildirilgan takliflarning tahlili xalqimizning mamlakatda bo‘layotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarga befarq emasligini, fuqarolar islohotlarning faol ishtirokchisi bo‘lishga intilayotganligini ko‘rsatmoqda.  

Yig‘ilishda shu xususda fikr yuritilib, mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob berildi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolar islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanmoqda