O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo‘linmalari tomonidan fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab:

fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi davlat xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda ko‘rsatish bo‘yicha ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo‘linmalariga O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilish;

ichki ishlar organlari patrul-post xizmati bo‘linmalari tomonidan fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taminlash borasidagi davlat xizmatlarini Ichki ishlar vazirligining “Ye-patrul” tizimi orqali ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi;

yuridik shaxslar fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi davlat xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda ko‘rsatish bo‘yicha ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo‘linmalariga an’anaviy (og‘zaki yoki yozma) tarzda murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Mazkur qaror bilan Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo‘linmalari tomonidan fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentda:

yuridik shaxslar tomonidan fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo‘linmalariga murojaat qilish tartibi;

murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va ularni rad etish asoslari;

fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini tashkil etish tartibi belgilab berilgan.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlashga oid ma’muriy reglament tasdiqlandi