Fuqaro hayoti va mol-mulkiga xavf solayotgan transformator
Mazkur daʼvo ariza Fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻqon tumanlararo sudi tomonidan qanoatlantirilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan Qoʻqon shahar Bodomzor koʻchasi 82-uy oldida joylashgan TP-135 elektr transformatori xavfsiz hududga koʻchirilishi belgilandi.
Qoʻqon shahar “Bodomzor“ koʻchasi 82-uyda yashovchi fuqaro Qudrat Xushnazarov oʻz uyi oldida joylashgan TP-135 elektr transformatori 2017-yil 10-avgust kuni yonib ketishi natijasida moddiy va maʼnaviy zarar koʻrganligi, hozirgi kunga qadarli ham mazkur elektr transformatori boshqa joyga koʻchirilmaganligi, ushbu transformator hayoti va mol-mulkiga xavf solayotganligidan norozi boʻlib, uyi oldidagi elektr transformatorni koʻchirishda amaliy yordam berishni soʻrab Qoʻqon shahar adliya boʻlimiga murojaat qilgan.
Qoʻqon shahar adliya boʻlimi tomonidan ushbu murojaat atroflicha oʻrganildi hamda fuqaro Q.Xushnazarov manfaatini koʻzlab Fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻqon tumanlararo sudiga javobgar shahar Elektr tarmoqlari korxonasi va shahar hokimligiga nisbatan transformatorini xavfsiz hududga koʻchirish majburiyatini yuklash haqida daʼvo arizasi kiritildi.
Mazkur daʼvo ariza Fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻqon tumanlararo sudi tomonidan qanoatlantirilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan Qoʻqon shahar Bodomzor koʻchasi 82-uy oldida joylashgan TP-135 elektr transformatori xavfsiz hududga koʻchirilishi belgilandi.
Qoʻqon shahar adliya boʻlimi