Fuqaro foydasiga 148 million söm mablağ undirildi
Zarafşon şahrida yaşovçi fuqaro N.S. 2022-yil 22-may kuni “M. C. Z” MÇJ bilan yangi qurilayotgan xonadonni sotib oliş böyiça şartnoma tuzgan edi.
Şartnomaga asosan fuqaro 148 million söm miqdoridagi mablağni töliq tölagan. Biroq oradan yillar ötsa-da, quriliş işlari yakunlanmagan va uy-joy öz egasiga topşirilmagan.
Şundan söng fuqaroning arizasiga binoan 2026-yil 12-avgustda şartnoma bekor qilingan, ammo quriliş taşkiloti tölangan pulni qaytarib bermagan.
Öz haq-huquqlarini tiklaş maqsadida fuqaro Zarafşon şahar isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga murojaat qildi. Jamiyat mutaxassislari holatni atrofliça örganib çiqib, isteʼmolçi manfaatini közlab fuqarolik işlari böyiça Zarafşon tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritdi.
Bölib ötgan oçiq sud majlisida jamiyat vakilining saʼy-harakatlari va keltirilgan qonuniy asoslar öz natijasini berdi. Sud jamiyatning daʼvo talabini töliq qanoatlantirdi.
Sudning hal qiluv qaroriga köra, javobgar “M. C. Z.” MÇJdan fuqaro N.S. foydasiga 148 million söm undiriladigan böldi. Şuningdek, javobgar zimmasiga 5 million 920 ming söm davlat boji va sud xarajatlarini tölaş majburiyati ham yuklatildi.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri