Turmush tajribamizdan kuzatsak, qayerda doimo inson qadri baland bo‘lsa, tartib bo‘lsa, o‘sha mamlakatda barqaror taraqqiyotga erishiladi.

Yaqinda «Yangi O‘zbekistonning 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Prezident farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga havola qilindi. 

Ko‘p millatli xalqimizning ulug‘ orzu umidlarini ro‘yobga chiqarish va muammolarining yechimini o‘z ichiga olgan loyiha 7 bobdan iborat. Unda «Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish», «Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish», «Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash», «Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish», «Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish», «Umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish», «Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish» kabi ustuvor maqsad va vazifalar o‘rin olgan. 

Loyihaning 2022 yilga mo‘ljallangan «Yo‘l xaritasi»i 96 ta maqsadni qamrab olib, bu g‘oyalar yaqin 5 yillikda butkul amalga oshirilsa, kelgusi 10 yillikda yurtimiz jahonda kambag‘allikdan holi iqtisodiy barqaror davlatlar qatoriga kirishi shubhasiz. 

Birinchidan, loyihada ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish, «Obod qishloq», «Obod mahalla» va hududiy infratuzilma dasturlari doirasidagi loyihalar ochiq e’lon qilish, xalq fikri asosida ishlab chiqiladigan tizim yaratish orqali jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini joriy etish ko‘zda tutilgani bizni bundanda, farovonlikka olib chiqadi. 

Shu o‘rinda kechagi kunga nazar solsak. Do‘stlik tumanidagi Manas qishlog‘ini eslaylik. Shunisi aniq-ki, agar Prezidentimiz ushbu maskanga qadam ranjida qilmaganlarida, bugungi kundagi islohotlar samarasi qo‘lga kiritilmagan bo‘lar edi. Chekka hududda joylashgan bu qishloqda o‘tgan davrda «Obod qishloq» dasturi asosida keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, 34 ta ko‘p qavatli uyning tom qismi ta’mirlangan, qishloqda yordamchi binolar, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari qurilgan, aholiga 6,5 kilometrlik ichimlik suvi o‘tkazilgan va qishloqdagi 41 kilometr kollektor-drenaj tarmoqlari tozalangan. Ayollarni ish bilan ta’minlashda tikuvchilik sexlari tashkil etilib, 150 nafarga yaqin xotin-qizga ish o‘rni yaratilgani xalqchil islohotlar samarasidir. 

«Obod qishloq» dasturi asosida Manasda qishloq vrachlik punkti o‘rnida zamonaviy oilaviy poliklinika, ikkita umumta’lim maktabi qurilib, maktabgacha ta’lim muassasalari to‘liq ta’mirlangan va qayta jihozlangan, 17 ta bolalar maydonchasi foydalanishga topshirilgan, bir qancha minifutbol maydonlari, 250 o‘rinli stadion barpo etilgani barchamizning hozirgidek yodimizda. 

«Obod qishloq», «Obod mahalla» dasturlarining izchil amalga oshirilishi yurtimizdagi Manasga o‘xshagan eng olis ovullarda eskicha turmush-tarzda yashayotgan qishloqlarni yangi qiyofa kasb etishiga munosib hissa qo‘shadi. 
Ilgari fuqaro davlat organlari idorasi bo‘sag‘asidan hatlab o‘tish tugul, yoniga ham yo‘lolmasdi. Bugun esa fuqarolar davlat idoralari eshiklarini qo‘rqmay ochib borish ko‘nikmasiga ega bo‘ldi, byurokratik to‘siqlar kamaydi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Bu jarayonda davlatchiligimiz tarixida mahalla va oqsoqollar kengashi doimo hal qiluvchi rolga ega bo‘lib, mahalla «faol modeli»ning joriy etilishi, unda aholi muammolarining joyida bevosita hal qilish va mavjud muammolarni bartaraf etish uchun iqtisodiy manbalar bilan ta’minlanishi ustuvorlik kasb etadi.

Tan olish kerak-ki, xalq va davlat, jamiyat o‘rtasidagi yagona ishonchli vakil – deputatlar qulay ishlashi uchun shu paytgacha aniq bir innovatsion dastur yaratilmagan edi. Loyihadagi «Elektron parlament» doirasida deputatlarni o‘z saylovchilari bilan, senatorlarni hududlardagi fuqarolar bilan bog‘lash, ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borish, saylovchilarni qiynayotgan muammolarni muhokama qilish hamda hal etish jarayonini transformatsiyalash taklifi butunlay sohani yangi bosqichga ko‘taradi. 

«Elektron parlament» yordamida xalq deputatlari kengashlarini hududlarni o‘rganishi osonlashib, muammosi bor tumanlar va qishloqlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda qo‘l keladi. Mahalliy byudjetni to‘g‘ri shakllantirish asoslarini yaratadi. Nazorat o‘rnatishda mahalliy davlat hokimiyati faoliyatini soddalashtiradi.  

Bundan tashqari, davlat organlari faoliyatini «fuqaroga xizmat qilishga yo‘naltirish» taklifi markaziy tuzilma va hududlar kesimida davlatning tayanchi va suyanchi bo‘lgan mahalla tuzilmalarida «mahallabay» ishlashga qaratilgan yillik dasturlarni e’lon qilish hamda muhokamaga qo‘yish tartibi platformasini ishga tushiradi. 

Bunday raqamlashtirish jarayonlari ixcham va professional, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini tatbiq etadi, loyihada qayd etilganidek, elektron davlat xizmatlarining ulushini amaldagi 54 foizdan 100 foizga yetkazish imkonini beradi. 

Ikkinchidan, 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xarita»da inson qadrini ulug‘lashga katta urg‘u berilib, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirishda eng ko‘p – 30 ta maqsad belgilab berilgan.  

Mazkur maqsadlar doirasida belgilangan chora-tadbirlarning salmoqli qismi aholi uchun majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarni ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ayniqsa, mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy omili hisoblangan ta’lim va tibbiyot sohasining yetakchi kuchi – o‘qituvchilar va shifokorlarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich oshirish, va bu miqdorni 1000 dollar ekvivalentiga yetkazishga qaratilgan. 

Sarhisoblarga qaraganda, O‘zbekiston aholisi har yili 640-650 ming kishiga o‘sib, mehnatga layoqatli aholi soni 360-370 mingni tashkil etmoqda. Iqtisodiyotimiz aholining bunday mehnat resurslarini qoplay oladimi? 

Ha, davlatimizga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar oqimi va tadbirkorlik rivoji shu sur’atlarda rivoj topsa, qoplaydi, balki aholining doimiy bandiligini ta’minlashga erishiladi.  

Shu bois strategiyada har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o‘qish imkoniyatini yaratish, kasbga o‘qitish ko‘lamini 2 barobar oshirish, jami 1 million nafar ishsiz fuqaroni kasb-hunarlarga o‘qitish va bu jarayonda nodavlat ta’lim muassasalarining ishtirokini 30 foizga yetkazishga qaratilgan. 

Albatta, bu borada kadrlar tayyorlash sifati birlamchi ahamiyatga ega. Masalan, dastlab mamlakatimizda bitiruvchilarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasi juda past edi. Bu xususda Prezidentimizning «5 yil oldin oliy ta’lim bilan qamrovimiz 9 foiz edi, hozir 29 foizga chiqdik. Shundan xursandmisiz, desangiz, aytaman – yo‘q, hali xursand emasman. 50 foizgacha chiqarsak, ko‘nglim to‘ladi. Olimlari, xalqi bilimli bo‘lgan davlat baribir kuchli bo‘ladi», degan so‘zlarini eslash o‘rinli. Shu jumladan, masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotani 2022 yilda oliy ta’lim qamrov darajasini 38 foizga yetkazishni belgilab berilishi ko‘zlangan marralarga olib boradi. 

Bugun boshqaruv tizimi, o‘quv jarayonlari, kutubxona va hujjatlar aylanmasini raqamlashtirish, turli hisobot va ma’lumotlar sonini keskin kamaytirish, qog‘oz shaklidan voz kechishni ta’minlovchi elektron platformalarni keng joriy etishdek ustuvor vazifalar dolzarb hisoblanadi.

Raqamlashtirishning algoritmli motivatsiyalari va yoshlarni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumotli bo‘lish imkoniyatini yanada kengaytiradi.

Ayniqsa, Prezidentimiz ta’kidlagan masofaviy ta’limga oid kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari minglab yoshlarning orzularini ro‘yobga chiqaradi. Bunday ta’lim jarayonlarida «bulutli texnologiyalar»dan foydalanish, ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, vebinar — leksiyani boshqa o‘quv xonasidan yoki oliy ta’lim muassasasidan onlayn o‘zlashtirish, “blended learning”, ya’ni avvaldan yozilgan leksiya va seminar mashg‘ulotlarini uyda o‘zlashtirishni o‘rgatadi.  

Ta’lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda 2026 yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasasini QS va THE xalqaro reytinglariga kirishga maqsadli tayyorlashga oid 5 yilga mo‘ljallangan bosqichli dasturlarni ishlab chiqish xalqaro reytingga kirish va yuqori pog‘onalarni egallashga undaydi. 

Strategiyada 2026 yilgacha nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari sonini kamida 50 taga, jami oliy ta’lim muassasalari sonini 200 taga yetkazish, har bir hududda oliy ta’limga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, kamida 1 tadan nodavlat oliy ta’lim tashkilotini tashkil etish ilgari surilgani ta’lim islohotlarining ne chog‘lik jadallashtirilishidan dalolat. 

Strategiyada iqtisodiyotga innovatsiyalarni keng joriy qilish, sanoat korxonalari va ilm-fan muassasalarining kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, global innovatsion indeksda mamlakatimizning o‘rnini yaxshilash va 2030 yilga qadar reytingning top-50 mamlakatlari qatoriga kirish maqsad qilingan. Bu esa, mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish va undan foydalanishda integratsion dasturlar bilan yondashishni talab etadi. 

Uchinchidan, aytish mumkinki, kambag‘allik so‘zi yaqin-yaqingacha ommaviy axborot vositalarida qo‘llanilmas, go‘yo bu ijtimoiy haqiqat mamlakat obro‘-e’tiboriga soya solib qo‘yadi qabilida ish tutilar edi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020 yil 27 fevral kuni tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida kambag‘allik darajasi chuqurlashib ketganligi aytildi. 

Inchunin “...biz shu paytgacha aksariyat fuqarolarimiz haqiqatan ham kambag‘al ekanini ko‘rib-ko‘rmaslikka, eshitib-eshitmaganlikka oldik. Bu noto‘g‘ri. Afsuski, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, xalqimizning 4-5 foizi kambag‘al ekani aniqlandi. Endi yashirish kerak emas, og‘ir sharoitlarda yashayotgan odamlarimizning asl muammosi, vaziyatini tushunishimiz, barcha toifadagi rahbarlar dunyoqarashimizni o‘zgartirishimiz lozim bo‘ladi», deb ochiq-oydin ta’kidlaganlari bejiz emas.
Inchunin, ishsizlikni bartaraf etishda nafaqat investorlar faoliyati, balki tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, sanoat sohalarini ilmiy asoslantirilgan bosqichlarga olib chiqish biz kutmagan ulkan samaralarni beradi.  

Loyihada aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulotni – 1,6 baravar hamda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravar ko‘paytirish, bank tizimida xususiy sektor ulushini amaldagi 18 foizdan 60 foizgacha oshirish hamda fond bozori hajmini 7 milliard dollarga yetkazish belgilangani pirovard maqsadlarimizni ko‘rsatadi. 

Masalan, navbatdagi loyihada qo‘shilgan qiymat solig‘ini amaldagi 15 foizdan 12 foizgacha, telekommunikatsiya, bank va moliya kabi sohalarda foyda solig‘ini amaldagi 20 foizdan 15 foizgacha tushirilishi 2022 yillarda tadbirkorlik o‘tgan besh yilga nisbatan uch baravarga ko‘payishidan darak beradi.

Taraqqiyotimizda muhim rol o‘ynaydigan iqtisodiyotga 120 milliard dollar, shu jumladan, 70 milliard dollar miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb etish, eksport hajmini 30 milliard dollarga yetkazish rejalari ulkan iqtisodiyot platformalar ishga tushirilishidan darak beradi.

Xalqimizda «Suvni isrof qilmang», deyilgan naql oltin bilan barobar. Strategiya loyihasida dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish, suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish evaziga har yili kamida 7 milliard kubometr suvni tejash rejalari ilgari surilgan-ki, bu tadbir suv tanqis sharoitda intensiv texnologiyalarni amalga oshirishning dasturilamalidir.

To‘rtinchidan, bir necha bor uyg‘onish davrini boshlab bergan xalq hisoblanamiz. Shunday buyuk xalqning farzandlari kelajakda yana taraqqiyotning boshlang‘ich bo‘g‘inlarida insoniyat sivilizatsiyasi uchun katta ta’sir etishi ehtimoli yuqori.

Davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim sohasini rivojlantirish uchun byudjetdan ajratilayotgan mablag‘lar hajmi ham yildan-yilga ortmoqda. Agar sohaga 2018 yilda 879 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 1 trillion 288 milliard so‘mni, 2020 yilda 1 trillion 888 milliard so‘mni tashkil etgan.

Ushbu loyihada maktabgacha ta’limning qamrov darajasini 67 foizdan 80 foizga yetkazish, xalq ta’limi tizimida qo‘shimcha 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratish va darsliklarni yangilash uchun Davlat byudjetidan 605 milliard so‘m ajratilishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida 1-4-sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash tizimini joriy etilishi davlat tomonidan berilayotgan alohida e’tiborning namunasidir.

Davlat qudratini oshishida ona va bola salomatligiga e’tibor qaratish, fuqarolarning o‘zi istiqomat qilayotgan hududga yaqin QVP va oilaviy poliklinikalarni barpo etish, mavjudlarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. O‘zimizda ishlab chiqariladigan sifatli va tabiiy omillardan tayyorlangan dori vositalari miqdorini 80 foizga, tibbiy xizmatlardagi xususiy sektorning ulushini 25 foizga oshirish, «oilaviy shifokor» yo‘nalishi bo‘yicha mustaqil faoliyatni amalga oshirishga ruxsat berilayotgani bemorlar uzog‘ini yaqin, qimmatini arzon qilishga asos bo‘ladi. Hatto eng olis qishloqlarda ham oilaviy poliklinikalar tarkib topishining poydevori bo‘ladi, desak xato bo‘lmaydi. 

Hududlarda birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatining faoliyati «bir qadam» tamoyili asosida yo‘lga qo‘yilib, 105 ta oilaviy shifokor punkti va 31 ta oilaviy poliklinika tashkil etish rejalashtirgani hamda sport infratuzilmalarini tubdan isloh qilinishi belgilangani esa, loyihaning sog‘lom avlodni voyaga yetkazish uchun mustahkam zamin yaratishidir. 
Beshinchidan, maqsad bo‘lmasa, samara bo‘lmaydi, mayoq bo‘lmasa, manzil aniq bo‘lishi dargumon.  

O‘tgan davrda «Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari» g‘oyasi Yangi O‘zbekiston strategiyasi uchun mayoq vazifasini bajaradi. Sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish va «Kitobsevar millat» umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish g‘oyasi 2019 yilda Prezidentimiz tomonidan joriy etilgan «besh muhim tashabbus» davlat dasturi nechog‘lik hayotimizda katta o‘rin tutayotganini ifodalaydi. 

Oltinchidan, bugun jahonda yashil makonlar barpo etish, mavjudlarini asrab-avaylash insoniyat salomatligi nuqtai nazardan ham, iqtisodiy nuqtai nazardan ham dolzarb sanaladi.  

Davlatmiz rahbari tomonidan o‘tgan yilda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgan edi.  
Orol dengizining tubida qo‘shimcha 500 ming gektar yashil maydonlarni barpo etish, umumiy hajmini 2,5 million gektarga yetkazish masalasi Prezidentimizning BMTning 75-Assambleyasida ilgari surgan keng qamrovli takliflari bejizga emasligini anglatadi.

Yettinchidan, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan globallashuv va demokratik oshkoralik islohotlari jadal olib borilmoqda, fuqarolarning axborot olish va tarqatish erkinligi borasidagi huquqlari yanada mustahkamlanmoqda.

Mintaqadagi geosiyosiy vaziyatlar, beqaror jarayonlar esa, ogoh va hushyor yashashimiz, yaxshisidan o‘rnak olish, yomonidan xulosa chiqarishimizni taqozo etadi. Shu bilan birga, barcha hamkor davlatlardan ichki vaziyatidan qat’iy nazar yaxshi qo‘shnichilik, do‘stona aloqalarni barqaror olib borish, davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Qo‘ng‘irotboy Sharipov,
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqaro davlat organlari idorasi bo‘sag‘asidan hatlab o‘tish tugul, yoniga ham yo‘lolmas edi