Davlatimiz rahbarining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda BAAning JETEX kompaniyasi ta’sischisi Adel Mardini o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Unda Transport vazirligi va JETEX kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Aytish joizki, JETEX kompaniyasi 2005 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 5 qit’ada 30 ta biznes birlashmasiga ega global tarmoq hisoblanadi. Butun dunyo bo‘ylab 50 dan ortiq nuqtalarda, jumladan Yaqin Sharq, Yevropa, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Afrika va Amerikada kunu tun mijozlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.  

Ushbu memorandum mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasi sohasida yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun zamin yaratadi. Xususan, JETEX kompaniyasi «Toshkent-Sharqiy» aeroportida FBO shaklida davlat xususiy sherikchiligi asosida VIP va CIP mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshiradi.  

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, FBO (Fixed Base Operator) – aeroportlarda havo kemalariga yoqilg‘i quyish, to‘xtash joyi, angarda saqlash, texnik, ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatish, havo kemalarini ijaraga berish, charterlarni sotish, taksi va yana boshqa ko‘plab xizmat turlarini ko‘rsatuvchi tashkilot.  

Loyiha doirasida kichik aviatsiya sohasida ta’mirlash, sotish va saqlash xizmatlarining yo‘lga qo‘yilishi, aerotaksi xizmati va VIP taksi joriy etilishi, navbatida turizm sohasining rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va VIP mijozlar uchun qulaylik yaratadi.  

Shu bilan birga, biznes aviatsiya sohasida 200 dan ko‘proq yuqori malakali ish o‘rinlari paydo bo‘ladi.  

Bir so‘z bilan aytganda, JETEX kompaniyasining ilg‘or tajribasiga tayangan holda mamlakatimizda biznes aviatsiyasini ishonchli va barqaror rivojlanishini ta’minlashga erishildi.  

A.RUSTAMOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fuqaro aviatsiyasi sohasida yangi istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi