Vatanimiz tarixidagi 3 yanvar sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1399 yil (bundan 626 yil oldin) – Hindistondagi Kutla shahri hokimi Bahodur Nahod va uning o‘g‘li Qaltosh tuhfalar bilan Amir Temurning Gata mavzesidagi qarorgohiga keldi. Temurbek ota-bolani hurmatlab, ularni turfa inoyatlarga sazovor qilgan. Bundan ikki kun avval Qaltosh Jaun daryosi qirg‘og‘ida dam olayotgan Amir Temurga elchilari orkali ikki to‘ti sovg‘a qilgan edi. 

1442 yil (bundan 583 yil oldin) – tarixchi Fasih Ahmad Xavofiyning qayd etishicha, Temuriylar hukmdori Shohrux mirzoning oltmish uch yoshli xotini malika Gavharshodbegim Samarqandda hukmronlik qilayotgan o‘g‘li Ulug‘bek ko‘ragonni ko‘rib kelish va o‘zi bilan Hirotga o‘n to‘qqiz yoshli nabirasi Abdullatif Bahodirni olib kelish uchun Samarqandga jo‘nadi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerakki, Gavharshodbegim janglardan birida Chingizxonni o‘limdan saqlab qolgan mulozim Qishlik avlodi – chig‘atoiy zodagon G‘iyosuddin Tarxonning qizi edi. U 1393 yilda Shohruxga tekkan, undan uch o‘g‘il va ikki qiz ko‘rgan.

1501 yil (bundan 524 yil oldin) – hijriy 906 yil jumodussoniy oyining o‘n ikkinchi kuni (milodiy 1501 yil 3 yanvar) yakshanba tongida buyuk shoir, olijanob inson Alisher Navoiy sakta kasalligi tufayli vafot etdi. Butun Hirot qattiq motam tutdi. Musibatli xabar tezda butun Xurosonga, Movarounnahrga va boshqa joylarga borib yetdi. Ko‘p shoirlar, tarixchilar Navoiyning xotirasiga bag‘ishlab asarlar yozdilar. Xondamir Navoiy o‘limining butun mamlakat uchun qanday og‘ir musibat bo‘lganini tasvirlab, fors tilida shunday qit’a bitgan edi (tarjimasi):

O‘limidan har bir uyga tushdi motam.

Mamlakatning har burchidan chiqdi fig‘on.

Temir yurak, tosh yurakli kishilar ham

Bu dahshatli musibatdan yutdilar qon.

1675 yil (bundan 350 yil oldin) – Parijda fransuz dramaturgi Jak Pradon (1644–1698) qalamiga mansub “Amir Temur yoxud Boyazidning o‘limi” spektakli birinchi marta sahnaga qo‘yildi. Bahodir Ermatovning “Amir Temur G‘arbiy Yevropa adiblari nigohida” asarida qayd etilishicha, Pradonning besh pardadan iborat mazkur pesasida Amir Temur nafaqat buyuk sarkarda va fotih, balki chin inson hamda olijanob qalb egasi sifatida namoyon bo‘ladi. 

Bahodir Ermatovning yozishicha, «Amir Temur yoxud Boyazidning o‘limi» Jak Pradon ijodidagi ilk pesalardan biri bo‘lgani sababli ayrim kamchiliklardan ham xoli emas. Shunga qaramay fransuz dramaturgiyasida Amir Temurga bag‘ishlangan ilk pesa hisoblanmish ushbu asarning ahamiyati katta, zero u nafaqat Yevropa dramaturgiyasida, balki jahon opera san’atida ham Sohibqiron mavzusining ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan.

1869 yil (bundan 156 yil oldin) – rus tabiatshunosi Aleksey Fedchenko va uning rafiqasi Olga Fedchenko O‘rta Osiyo tabiatini tadqiq etish uchun Samarqand shahriga yetib keldi. Fedchenko ishni O‘rta Osiyo iqlimini kuzatishdan boshladi. U O‘rta Osiyoning iqlim sharoiti o‘ziga xos ekanini ta’kidlagan. Uning 1869 yilning 31 yanvaridan 4 fevraligacha olib borgan kuzatishlari bu yerning iqlimi Norvegiya poytaxti Oslo iqlimiga, 10–14 fevrallar orasidagi kuzatishlari Rim iqlimiga o‘xshashini ko‘rsatdi.

Tarixchi olim To‘rabek Saidqulovning qayd etishicha, Zarafshon vohasini zoologik jihatdan o‘rganishda ham Fedchenkoning xizmati katta. U qisqa muddatlarda 8 mingdan ziyod hasharot, qush va hayvon turlarini yig‘ib, kolleksiya qildi. Olimning rafiqasi esa Zarafshon vodiysi o‘simliklar olami to‘g‘risida katta materiallar, gerbariylar to‘pladi. U tabiat, mahalliy xalq turmushi va mehnat qurollari haqida lavhalar yozdi.

Shu yilning bahorida Fedchenko Zarafshon daryosining boshlanish qismini o‘rganish uchun ekspeditsiya uyushtirdi. U daryoning boshlanishidagi abadiy muzlikni ochgan birinchi kishi hisoblanadi. Qeyinchalik bu muzlik Fedchenko nomi bilan atala boshlandi. Shunday qilib, Fedchenkolar oilasi Zarafshon vodiysi xaritasini tuzdilar, o‘simlik va hayvonot olami, iqlimi, tabiiy geografiyasi to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar to‘pladilar.

1873 yil (bundan 152 yil oldin) – Peterburgdagi Osiyo departamentida O‘rta Osiyodagi temir yo‘llar qurilishiga doir masalalar ko‘rib chiqildi. Kengash ishida Rossiya Davlat Kansleri, Turkiston general-gubernatori, imperiyaning Harbiy vaziri, Moliya vaziri, Temir yo‘llar vaziri kabi rasmiy kishilar qatnashdi. Ushbu kengashda mashhur fransuz muhandisi Lessepsning Toshkentgacha temir yo‘llar qurishga doir loyihasi muhokama qilindi. 

Loyihada ko‘rsatilishicha, temir yo‘l qurilishi bilan Rossiyaning savdo yo‘li Kaspiy dengizi orkali Kavkazorti, Eron va Hindistongacha yetib borishi kerak edi. Tarixchi Tolib Safarovning qayd etishicha, umumiy temir yo‘llar uzunligi 7 ming verst (qariyb 7,5 ming kilometr)ni tashkil etib, 1 verst va 1 pud (qariyb 16 kilogramm) tovar 0,33 kopeykaga to‘g‘ri kelib, 1 pud tovar olib borish uchun 2 rubl 25 kopeyka sarflash ko‘zda tutilgan edi. Bu vaqtda ingliz mollari dengiz orkali Hindistonga 40 million funt sterling hajmida jo‘natilib, uning 1 pudi 45 kopeyka bilan olib kelinmoqda edi. 

Mazkur loyiha ikki qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi kismida Hindiston va O‘rta Osiyoni bog‘lovchi temir yo‘l qurish, ikkinchi qismida esa rus temir yo‘lini O‘rta Osiyoga – Toshkentgacha uzaytirish mo‘ljallangan edi. Kengash ishi Hindistonga temir yo‘l qurish loyihasini rad etdi, Toshkentgacha temir yo‘l tortish masalasi esa orqaga cho‘zildi.

1926 yil (bundan 99 yil oldin) – Samarqand shahrida O‘zbekiston Davlat kitob palatasi tashkil topdi. U 1934 yilda Samarqanddan Toshkentga ko‘chirildi.

1927 yil (bundan 98 yil oldin) – xirurg olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan vrach O‘ktam Oripov tavallud topdi (vafoti 2001 yil). U Toshkentda 1972 yil 14 sentyabrda, bundan 53 yil oldin O‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib odamda buyrakni ko‘chirib o‘tkazdi. 1998 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi. 

1931 yil (bundan 94 yil oldin) – adabiyotshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Umarali Normatov tavallud topdi (vafoti 2022 yil). 

1938 yil (bundan 87 yil oldin) – O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov tavallud topdi. U 1997 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.

1947 yil (bundan 78 yil oldin) – hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida B.Lavrinovning G‘afur G‘ulom tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan «Dengizchilar sharafiga» asari sahnalashtirildi.

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – Fransiya O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan oldi. 

1996 yil (bundan 29 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xiva shahrining 2500 yilligi yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” hamda “Buxoro shahrining 2500 yilligi yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi.

2007 yil (bundan 18 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun 5 bob, 18 moddadan iborat.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun 6 bob, 34 moddadan iborat.

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2022 yil (bundan 3 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2023 yil (bundan 2 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risidagi Shartnomani (Rim, 2023 yil 8 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”, “O‘zbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi o‘rtasida jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnomani (Rim, 2023 yil 8 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”, “O‘zbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi Shartnomani (Rim, 2023 yil 8 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonuni qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransuz dramaturgiyasida Amir Temurga bag‘ishlab yozilgan ilk asar muallifi kim?