Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi Liviyaning marhum rahbari Muammar Qaddafiyning rejimi bilan bog‘liq jinoiy ish uchun besh yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Parij sudi Sarkozini 2007 yilgi saylovda g‘alaba qozonish uchun Qaddafiydan noqonuniy moliyaviy yordam olgani uchun aybdor deb topdi. Shuningdek, unga 100 ming yevro jarima va 5 yil davomida davlat lavozimlarida ishlash taqiqini qo‘ydi. 

Qiziq jihati, 70 yoshli Sarkozi mazkur jinoyatni sodir etganiga 20 yil bo‘lgan bo‘lsa-da, endi sud hukmiga duch keldi. U 13 oktyabrgacha prokuraturaga borishi kerak, shundan so‘ng qamoq muddati hisoblanishni boshlaydi. 

Qonunga ko‘ra, u hatto apellyatsiya bersa ham jazo avtomatik ravishda ishga tushadi. Biroq Sarkozining yoshi hisobga olinsa, u shartli ozodlikni so‘rash huquqiga ega. Sud jarayonida undan ba’zi ayblovlar olib tashlangani aytilmoqda. Ya’ni pora olish, Liviya davlat mablag‘larini isrof qilish va saylov kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirish kabi ayblovlardan oqlandi, chunki prokurorlar Liviya pullari Sarkozining saylov kampaniyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarf qilinganini isbotlay olmadi.

Bosh sudya Sarkozi o‘z atrofidagi odamlarga moliyaviy yordam ilinjida Liviya amaldorlari bilan bog‘lanishga ruxsat berganini qayd etdi. 

– Men o‘lkada qonun ustuvorligiga mas’uliyat bilan qarayman, -dedi Sarkozi jurnalistlarga. – Qonunga bo‘ysunaman, agar ular mening panjara ortida o‘tirishimni istayotgan bo‘lsa, boshimni tik tutgan holda roziman.

Sobiq prezidentga o‘qilgan hukmdan keyin mamlakatda keskin bahslar boshlanib ketdi. Deputat Benjamen Lukas “Sarkozi yana besh yillik muddat oldi”, deb Fransiya prezidentining vakolat muddatiga ishora qilgan. Senator Stefan Le Rudule hukmni noqonuniy va shubhali deb atagan. 

Mazkur jinoiy ish bilan bog‘liq 11 nafar kishi sud qilinmoqda, ular orasida Sarkozining uchta sobiq vaziri ham bor. Ishning asosiy figuralaridan biri, Liviya vakili sifatida ko‘rilgan Ziad Takeddin hafta boshida Beyrutda 75 yoshida vafot etdi. U 2016 yilda bergan bayonotida Qaddafiydan olgan 5 mln yevro naqd pulni Sarkozi va uning o‘sha paytdagi ichki ishlar vaziri Klod Geanga shaxsan yetkazganini aytgan. 

Shuningdek, ishda Qaddafiy atrofidagi bir necha muhim shaxslar, jumladan, Aleksandr Juxri ham tilga olingan. U ham Liviya mablag‘lari ishida muhim shaxs sifatida ko‘rilmoqda.

2012 yilda “Mediapart” nashri Qaddafiyning sobiq razvedka rahbari Muso Kussa imzolagan hujjatni e’lon qilgan. Hujjatda go‘yoki Sarkozining saylov kampaniyasiga 6,5 million yevro ajratilgani aytilgan. Ammo sud bu hujjat soxta bo‘lishi mumkin, deya uni dalil sifatida rad etgan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/c1wbcW_wmtU" title="Fransiyaning sobiq prezidentiga hukm o‘qildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

K.Bekjonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiyaning sobiq prezidentiga hukm o‘qildi (+video)