Fransiya poytaxti Parijdagi mum muzeyidan Prezident Emmanuel Makronning haykalini o‘g‘irlab ketishdi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari politsiyadagi manbalarga tayanib xabar berishicha, hodisa 9-okrugdagi mashhur shaxslarning mumdan yasalgan haykallari namoyish etilgan Grevin muzeyida sodir bo‘lgan.

aniqlanishicha, ertalab binoga ikki ayol va bir erkak kirib, Makron haykalini o‘g‘irlagan. Gumonlanuvchilar, "Greenpeace" ekologik tashkiloti a’zolari o‘zlarini muzey xodimlari kabi tutgan. Ular eksponatni matoga o‘rab, favqulodda chiqish joyi orqali olib chiqishgan.

Haykalning narxi taxminan 40 000 yevroga teng ekan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiyadagi muzeydan Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi