Fransiyada XVI asrga oid kema topildi
O‘rta yer dengizining Fransiya qirg‘og‘ida, 2 yarim kilometrdan XVI asrga oid cho‘kib ketgan kema chiqarildi. Bu haqda “Franceinfo” radiosi xabar tarqatdi.
Provans-Alp-Lazur mintaqasidagi Ramatuel sohili yaqinida yotgan 30x7 metr o‘lchamdagi ushbu kema 2567 metrdan tortib olindi. Bu Fransiya hududiy suvida topilgan eng chuqur cho‘kkan kemaga aylandi. Avvalgi rekord Tulon qirg‘og‘ida 2300 metrdan ko‘tarilgan La Minerve suv osti kemasiga tegishli edi.