Fransiyada rossiyalik hibsga olindi
Fransiya sharqidagi Yuqori Savoyya departamenti hududida Rossiya fuqarosi ushlandi. U narkotik moddalar aylanmasi bilan bog‘liq faoliyat maqsadida davlat mablag‘ini o‘zlashtirganlikda ayblanyapti. Ushbu xabarni “Dauphiné libéré” gazetasi tarqatgan.
Axborotda 28 yoshli kishi chorshanba kuni qo‘lga olingani ma’lum qilingan. Gumondor Parijdan qaytayotganda, Viri kommunasi yaqinidagi avtomagistral nazorat-o‘tish punktida tekshirilgan. Tintuv chog‘i uning mashinasida 6 gramm kannabis quyqasi va 160 ming yevro miqdoridagi mayda kupyura topilgan. Haydovchi bu pullarni qayerdan olgani haqida izoh bera olmagan.
"2 fevral kuni bojxona xizmati tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida Sen-Jyulen-an-Jenevua kommunasi motorlashtirilgan vzvodi jandarmlari narkotik moddalar aylanmasi bilan bog‘liq faoliyat maqsadida davlat mablag‘ini o‘zlashtirganlikda gumonlangan Rossiya fuqarosini hibsga olishdi", - deyilgan gazeta xabarida.
Qayd etilishicha, qo‘lga olingan kishi o‘zini gemmolog – qimmat baho toshlar bo‘yicha mutaxassis, deb tanishtirgan. Uning Jenevadagi uyida ham tintuv o‘tkazishdi. Gazeta mahbus qamoqqa olingani va 7 fevral kuni sud oldida javob berishini ham qo‘shimcha qilgan.